Polshadan tabrik: O'zbekistonning rivojlangan davlatlar qatoriga kirishida mamlakat Konstitutsiyasi mustahkam asos bo'lib xizmat qiladi
Dekabr 09, 2024. 12:35 • 42 soniya
• 331
VARSHAVA, 9-dekabr. /"Dunyo" AA/. Polshadagi Xalqaro aloqalar markazi direktori Malgojata Bonikovska "Dunyo" AA uchun intervyusida 8-dekabr — O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan yurtdoshlarimizni qutladi:

– 1992-yilda O'zbekiston o'z Konstitutsiyasini qabul qildi. Konstitutsiya suveren va mustaqil davlatning poydevorini yaratdi. O'zbekiston yosh davlat, ammo uning madaniyati juda qadimiy sanaladi. Buxoro va Samarqand singari qadimiy shaharlaringiz boy tarixga ega. O'zbekiston haqiqatan ham tashrif buyurish kerak bo'lgan joy va Markaziy Osiyodagi muhim mamlakat hisoblanadi.
O'zbekistonning modernizatsiya jarayonidan o'tayotgan va dunyoga ochilayotgan davrida muvaffaqiyat tilayman. Polsha bilan chuqur aloqalar o'rnatish, biznes, ilmiy hamkorlik va xalqlar o'rtasidagi aloqalarimizning yanada rivojlantirish uchun katta imkoniyat bor.
Menimcha, O'zbekiston kelajakda Markaziy Osiyoning eng rivojlangan davlatlaridan biriga aylanishi uchun katta salohiyatga ega.
Bu jarayonda O'zbekiston Konstitutsiyasi mustahkam asos bo'lib xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi