Logo

O'zbekistonning Ostonadagi elchixonasida "Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi" shiori ostida ma'rifiy tadbir tashkil etildi

Dekabr 12, 2024. 07:36 • 2 daq

471
O'zbekistonning Ostonadagi elchixonasida "Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi" shiori ostida ma'rifiy tadbir tashkil etildi

OSTONA, 12-dekabr /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida Bosh qomusimiz qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!" shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Qozog'iston Prezidenti Administratsiyasi xodimlari, hukumat va parlament a'zolari, Tashqi ishlar vazirining o'rinbosarlari va departament boshliqlari, Ostona shahrida akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda faol vatandoshlar ishtirok etdi.

Tadbir "Astana opera" teatri xor jamoasi tomonidan jonli tarzda ijro etilgan O'zbekiston Davlat madhiyasi sadolari bilan boshlandi.

Elchi Baxtiyor Ibragimov o'z nutqida, mustaqil O'zbekiston Asosiy qonunining yaratilishi va mohiyati, mamlakatimiz siyosiy hayotidagi muhim voqealar, 2023-yil aprel oyida umumxalq referendumi asosida Konstitutsiyamizga kiritilgan o'zgartishlar va ularning mazmun-mohiyati haqida batafsil so'zlab berdi. O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasida o'rnatilgan ittifoqchilik munosabatlarining har tomonlama rivojlanib borayotgani qayd etildi. Ishtirokchilarga 10 dekabr sanasi yurtimizda O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun sifati keng nishonlanayotgani ma'lum qilindi.

Qozog'iston Bosh vazirining o'rinbosari Serik Jumangarin  o'z navbatida, ikki davlat yetakchilarining siyosiy irodasi va xalqlarimizning birgalikdagi sa'y-harakatlari tufayli birodarlik va yaxshi qo'shnichilik aloqalari ittifoqchilik darajasigacha ko'tarilganini qayd etdi. U, shuningdek, O'zbekiston xalqini Konstitutsiya va Davlat madhiyasi qabul qilingan sanalar bilan samimiy muborak etdi.

Yig'ilganlar e'tiboriga Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz kabi shaharlarimizning sayyohlik salohiyati, tarixiy obidalari, milliy urf-odat va taomlari haqidagi videoroliklar namoyish tashkil qilindi.   O'zbekistondan kelgan "SADO" ansambli tomonidan taqdim etilgan konsert dasturi esa barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.  

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish