Logo

Guanchjou shahrida O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi keng tantana qilindi

Dekabr 10, 2024. 12:22 • 54 soniya

365
Guanchjou shahrida O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi keng tantana qilindi

GUANCHJOU, 10-dekabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonada Xitoyning janubiy hududlarida ta'lim olayotgan va tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan vatandoshlar ishtirokida O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunining 32 yilligi bag'ishlangan davra suhbati tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Yig'ilganlarga yangilangan Asosiy qonunimizda inson qadrini ulug'lash, uning huquq va manfaatlarini ta'minlash ustuvor vazifa etib belgilangani va ushbu tamoyillarni hayotga izchil tatbiq etish yuzasidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.

Davlat tomonidan yoshlar huquqlarini himoya qilish, ularning jamiyat va mamlakat hayotida faol ishtirok etishini rag'batlantirish, shuningdek, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish kabi majburiyatlar Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo'yilgani ta'kidlandi.

Davra suhbatida, shuningdek, yurtdoshlarimizning ta'lim olishi va mehnat faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolar o'rganildi, konsullik-huquqiy xizmatlarni yanada takomillashtirish hamda Xitoyning mehnat migratsiya bilan bog'liq qonunchiligi yuzasidan fikr almashildi.

Ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga Bosh konsulxona xodimlaridan batafsil javob olishdi.

Tadbir yakunida mamlakatimizning boy madaniy va tarixiy merosini Xitoyda targ'ib qilishni jadallashtirish maqsadida 2025-yilda tashkil etiladigan tadbirlar taqvimini birgalikda ishlab chiqishga kelishib olindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish