Logo

Ahmad Sengendo: O'zbekiston islom olamida ham, jahon sahnasida ham umid, taraqqiyot va totuvlik mash'ali bo'lib qolsin

Dekabr 10, 2024. 12:16 • 57 soniya

494
Ahmad Sengendo: O'zbekiston islom olamida ham, jahon sahnasida ham umid, taraqqiyot va totuvlik mash'ali bo'lib qolsin

JIDDA, 10-dekabr. /"Dunyo" AA/. Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) bosh kotibining iqtisodiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Ahmad Sengendo "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Konstitutsiyasi va Davlat madhiyasi qabul qilingan sanalar munosabati bilan xalqimizga o'z qutlovlarini yo'lladi:

– O'zbekiston xalqini Konstitutsiya va Davlat madhiyasi qabul qilingan sanalar bilan chin qalbimdan tabriklayman.

O'zbekiston azaldan Islom olami rivojida muhim o'rin turgan bo'lib, boy madaniy meros va umumiy sivilizatsiyamizni belgilab beruvchi chuqur ma'naviy an'analarni o'zida mujassam etgan. O'zbekiston IHTning faol va nufuzli a'zosi sifatida islom davlatlari o'rtasida muloqot, o'zaro anglash va hamkorlikni rivojlantirishda muhim rol o'ynashda davom etmoqda.

O'zbek millatining yuksak bunyodkorlik va milliy birlikni o'zida aks ettirgan istiqlol yo'li taraqqiyot va madaniyatni asrab-avaylashning ilhomlantiruvchi namunasi bo'lib xizmat qilmoqda.

Bugun siz nishonlayotgan Konstitutsiya kuni islom hamjamiyatida chuqur aks-sado beradigan tamoyillarni – suverenitet, tinchlik va inson qadr-qimmatini hurmat qilish kabi asosiy qadriyatlarni ifodalaydi.

O'zbekiston Hukumati va xalqiga farovonlik, barqarorlik va muvaffaqiyatlar tilab, samimiy niyatlarimizni bildiramiz. Mamlakatingiz islom olamida ham, jahon sahnasida ham umid, taraqqiyot va totuvlik mash'ali bo'lib qolsin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish