O'zbekiston diplomatlari yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar
Avgust 27, 2025. 11:52 • 47 soniya
• 264
TOSHKENT, 27-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining o'ttiz to'rt yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida"gi farmoni bilan xorijiy davlatlarda faoliyat yuritayotgan bir qator diplomatlarimiz mamlakatimizning yuksak orden va medallari bilan taqdirlandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" axborot agentligi.

Xususan:
"Do'stlik" ordeni bilan Arziyev Farhod Nuritdinovich - O'zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi;
"Do'stlik" ordeni bilan Usmanov Ravshan Abrorovich - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi;
"Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan Lapasov Ulugbek Xidirovich - O'zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili taqdirlandi.
Ushbu mukofotlar diplomatlarning mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash, O'zbekistonning xorijiy hamkorlar bilan o'zaro manfaatli munosabatlari va samarali hamkorligini rivojlantirishga qo'shgan salmoqli hissasi e'tirofidir. Hamkasblarimizni yuksak mukofotlari bilan tabriklash barobarida, ularning zimmasiga yuklangan muhim va mas'uliyatli missiyani bajarishda muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi