O'zbekiston mustaqilligining o'ttiz to'rt yilligi Rossiyaning Ust-Luga shahrida ham keng nishonlandi
Sentabr 02, 2025. 17:35 • 59 soniya
• 29
SANKT-PETERBURG, 2-sentabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tomonidan Migratsiya agentligi bilan birgalikda Leningrad viloyatining Ust-Luga shahridagi korxonalarda vaqtincha ishlayotgan vatandoshlar uchun 1-sentabr – O'zbekiston Mustaqillik kuni munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bayram tantanisining ochilish marosimida so'zga chiqqan diplomatlar vatandoshlarimizni ulug' ayyom – Mustaqillik kuni bilan tabriklab, Yangi O'zbekiston rahbariyatining vatandoshlarni qo'llab-quvvatlash borasida olib borayotgan siyosatining mazmun-mohiyati haqida to'xtaldilar.
Tadbir sahnasida vatandoshlar uchun o'zbekistonlik taniqli xonandalar Sardor Bekmurodov va Ollobergan Ortiqov ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi. Vatanga muhabbat, tinchlik, mustaqillik, farovonlikni tarannum etuvchi kuy-qo'shiqlar yangradi. Konsert dasturi vatandoshlar o'rtasida ijobiy muhit yaratish, madaniy an'analarni qo'llab-quvvatlash va hamjihatlik tuyg'usini rivojlantirishga xizmat qildi.
Yurtdoshlarimiz o'rtasida, shuningdek, mini futbol va stol tennisi bo'yicha musobaqalar tashkil etildi. Mini-futbol turnirida 1-o'rinni "Lochin" jamoasi, 2-o'rinni "Yangi yulduzlar" va 3-o'rinni "Remservis" jamoasi egalladi.
Do'stona ruhda o'tgan tadbirlar nafaqat dam olish va ko'ngil ochish, balki Vatan bilan o'zaro bog'liqlik tuyg'usini mustahkamlashga ham hissa qo'shdi.
Tadbir yakunida musobaqalar g'olib va sovrindorlariga medal va kuboklar, shuningdek, bayram tantanasini tashkil etishda faol ishtirok etgan bir guruh xodimlarga tashakkurnomalar topshirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi