Logo

O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Guanchjou shahrida vatandoshlar o'rtasida futbol musobaqasi o'tkazildi

Sentabr 02, 2025. 15:08 • 42 soniya

33
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Guanchjou shahrida vatandoshlar o'rtasida futbol musobaqasi o'tkazildi

GUANCHJOU, 2-sentabr. /"DunyoAA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tomonidan O'zbekiston mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan vatandoshlar o'rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Xitoyning Janubiy provinsiyalaridagi turli universitetlarida ta'lim olayotgan va tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan vatandoshlardan tuzilgan jamoalar o'zaro bellashdi.

Musobaqa oldidan Bosh konsulxona diplomatlari ishtirokchilarni mustaqillik bayrami bilan tabriklab, O'zbekistonda turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning mazmun-mohiyati, so'nggi yillarda mamlakatimizda erishilayotgan natijalar va yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar xususida to'xtalib o'tdilar.

O'z navbatida, vatandoshlarimiz mamlakatimizdagi iqtisodiy va madaniy-gumanitar islohotlarda faol ishtirok etishga, o'z fuqarolik burchlarini astoydil bajarib, yurtimiz ravnaqiga o'z hissalarini qo'shishga d tayyor ekanliklarini ta'kidlashdi.

O'tkazilgan turnir ishtirokchilarda va muxlislarga katta taassurot qoldirdi.

Tadbir yakunida musobaqa g'oliblariga kubok va esdalik sovg'alari topshirildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish