Logo

Qohiradan tabrik: O'zbekistonning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari muvaffaqiyatli davlat qurilishi va taraqqiyotning yorqin namunasidir

Sentabr 03, 2025. 11:06 • 48 soniya

55
Qohiradan tabrik: O'zbekistonning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari muvaffaqiyatli davlat qurilishi va taraqqiyotning yorqin namunasidir

QOHIRA, 3-sentabr. /"Dunyo" AA/. Misrning "Bell Energy" kompaniyasi rahbari Haytam Husayn "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan xalqimizga bayram tabriklarini yo'lladi:

– Mustaqillik kuni muborak, aziz va qadrdon O'zbekiston xalqi! Bugun biz ozodlik, birlik va taraqqiyot yo'lida bosib o'tgan yo'lini nishonlayotgan O'zbekiston bilan birgamiz. Mustaqillikka erishganidan buyon O'zbekiston bardoshlilik, boy madaniyat va xalqchil siyosat yurituvchi davlatga aylandi.

Biz o'zbek xalqining mehnatsevarlik ruhini ulug'laymiz va mamlakatni yorqin kelajak sari boshlab borayotgan rahbariyatga chuqur hurmat izhor etamiz. Ushbu go'zal diyorda tinchlik, farovonlik va totuvlik hamisha barhayot bo'lsin. Keling, o'tmishni qadrlaylik, bugunni nishonlaylik va umid hamda yutuqlarga to'la kelajak sari intilaylik.

O'zbekistonning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari muvaffaqiyatli davlat qurilishi va taraqqiyotining namunasi bo'lib xizmat qiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O'zbekiston farovonlik yo'lida dadil qadam tashlashda davom etishiga va xalqaro hamjamiyatdagi o'rnini yanada mustahkamlashiga, ishonchim komil.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish