"Ammon News" gazetasi: O'zbekiston xalqaro munosabatlarda teng huquqli ishtirokchi sifatidagi o'rnini mustahkamlamoqda
Sentabr 09, 2025. 11:50 • 2 daq
• 47
AMMON, 9-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Iordaniyaning "Ammon News" gazetasi saytida "Yangi O'zbekiston. Milliy tiklanish va global ochiqlik" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekiston amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy-islohotlar qalamga olingan. "O'zbekiston o'z mustaqilligining dastlabki yillaridan qonun ustuvorligi, inson huquqlarini himoya qilish va millatlararo bag'rikenglikni rag'batlantirishga asoslangan milliy davlat qurishga katta e'tibor qaratdi. Shu orqali siyosiy va ijtimoiy barqarorlik asoslarini mustahkamlash, o'zining suveren davlat maqomi va mintaqaviy nufuzini oshiruvchi keng ko'lamli islohotlar zaminini yaratishni maqsad qildi", – deyilgan maqolada.
Nashrda ta'kidlanishicha, "Yangi O'zbekiston" konsepsiyasi doirasida mamlakat iqtisodiyoti kuchli o'sishni boshdan kechirmoqda. Ya'ni yalpi ichki mahsulot hajmi mamlakat tarixida birinchi marta 110 milliard AQSh dollaridan oshdi. "Bu yutuq muqobil energiya manbalarini rivojlantirishga qaratilgan "yashil" va innovatsion iqtisodiyotga o'tish bo'yicha muhim dasturlar bilan mustahkamlandi", – deb yozilgan "Ammon News" maqolasida.
Shuningdek, nashrda global geosiyosiy taranglik sharoitida O'zbekiston xalqaro munosabatlarda teng huquqli ishtirokchi sifatidagi o'rnini mustahkamlaydigan pragmatik va moslashuvchan tashqi siyosat olib borayotgani urg'ulangan. Xususan, O'zbekiston chegaradosh mamlakatlar bilan do'stlik va qo'shnichilik tamoyillari asosida munosabatlarni kuchaytirdi. Rossiya, Xitoy, AQSh, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Turkiya kabi davlatlar bilan aloqalari ham sezilarli darajada mustahkamlandi.
"O'zbekiston mustaqilligining 34 yillik ayyomini taraqqiyot va ochiqlik timsoli sifatida kutib oldi. O'zining keng qamrovli islohotlari, kuchayib borayotgan xalqaro munosabatlari va iqtisodiy taraqqiyoti bilan Yangi O'zbekiston qadimiy merosni zamonaviy taraqqiyot bilan uyg'unlashtirgan holda o'z kelajagini qurishda davom etmoqda. Bu qadamlar mintaqa va boshqa davlatlar uchun namunadir", – deb yozgan muallif.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi