Germaniyaning Grays shahrida O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi
Sentabr 09, 2025. 15:41 • 2 daq
• 50
GRAYS, 9-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi va "Anor" o'zbek-nemis jamiyati hamkorligida Germaniyaning Grays shahrida O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbiri o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda Germaniyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar, hamkor tashkilotlar va diplomatik vakolatxona vakillari ishtirok etdi.
Yurtimiz istiqlolga erishgan kun tantanalari O'zbekiston davlat madhiyasi bilan boshlandi.
O'zbekiston elchixona diplomatlari o'z chiqishlarida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilayotgan natijalar haqida to'xtaldilar.
Bayram dasturi doirasida vatandoshlar ishtirokida milliy qo'shiq va raqslar namoyish etildi, shuningdek, mustaqillikka oid savollar asosida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.
Kichik yoshdagi bolalar uchun "O'zbekiston – Vatanim mening" shiori ostida sahna ko'rinishlari taqdim etildi. Bayram munosabati bilan o'zbekona dasturxon yozilib, o'zbek milliy taomlari ulashildi.
Shuningdek, tadbir doirasida vatandoshlar bilan muloqot tashkil etildi. Elchixona vakillari yurtdoshlarimizning taklif va tashabbuslarini tinglab, ularni qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ta'kidladilar.
Behruz Bozorov, "Germaniya hayoti" dasturi muallifi, bloger:
– Germaniyadagi vatandoshlar uchun bu kabi madaniy-ma'rifiy tadbirlar juda zarur. Xorijda istiqomat qilayotgan, tahsil olayotgan va mehnat faoliyati bilan shug'ullanayotgan hamyurtlarimizni Vatan va Mustaqillik kabi muqaddas va ulug' sana hamda qadriyatlar o'z atrofida birlashtirib turadi.
Fursatdan foydalanib, Germaniyadagi barcha vatandoshlar nomidan yurtdoshlarimizni Mustaqillik kuni bilan bilan tabriklayman.
Anora Saidiolimova, "Anor" jamoat birlashmasi rahbari:
– Bugun xalqimiz tarixida o'chmas sahifa ochgan qutlug' sana – O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligini keng nishonladik. Mustaqillik - bu erkinlik va ozod hayotimizning mustahkam tayanchi, kelajakka ishonch va mas'uliyat timsolidir. Shu ulug' ayyom bilan barchangizni chin qalbimdan muborakbod etaman.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi