Logo

Germaniyaning Leverkuzen shahrida vatandoshlar ishtirokida O'zbekiston mustaqillikka erishgan kun tantana qilindi

Sentabr 12, 2025. 12:12 • 2 daq

57
Germaniyaning Leverkuzen shahrida vatandoshlar ishtirokida O'zbekiston mustaqillikka erishgan kun tantana qilindi

LEVERKUZEN, 12-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimizning Germaniyadagi diplomatik vakolatxonalari va "Sharqona" jamiyati bilan birgalikda Leverkuzen shahrida O'zbekiston Mustaqillik kuniga bag'ishlangan bayram tantanalari tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bayram tadbirida Germaniyada yashayotgan, ishlayotgan va ta'lim olayotgan hamyurtlarimiz, diplomatik vakolatxona xodimlari hamda mahalliy aholi vakillari ishtirok etdi.


Tadbirning ochilish qismida so'z olgan diplomatlar vatandoshlarni bayram bilan qutlab, mustaqillik sharofati bilan yurtimizda erishilayotgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samarali natijalari haqida ma'lumot berdilar. Bu kabi tadbirlar xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni yana-da jipslashtirishi, ular tomonidan tuzilgan birlashmalarni qo'llab-quvvatlashga xizmat qilishi ta'kidlandi.


Shuningdek, tadbir doirasida vatandoshlar konsullik masalalari bo'yicha savollariga elchixona xodimlaridan javob oldilar. Hamyurtlarimizning taklif va tashabbuslari tinglandi.


Ishtirokchilar uchun bayramona dasturxoni yozildi va o'zbek palov ulashildi. Vatandoshlar tomonidan milliy kuy-qo'shiqlar va raqslar ijro etildi. Milliy sport o'yinlari esa yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.


Kozimjon Fisher-Rahimov, shifokor:


– Andijondanman, davlatimiz rahbariyati tomonidan yoshlarga yaratilgan sharoitlar sababli Germaniyada ta'lim oldim. Bugungi kunda xususiy klinikamiz bor, 25 ta tibbiyot xodimimiz bilan har oyda bir yarim mingga yaqin bemorga xizmat ko'rsatamiz.


Yurtimiz tinchgi va gullab-yashnayotgani uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildiramiz. Davlatimiz xorijda bo'lgan vatandoshlar qo'llab-quvvatlab, barcha masalalarda yaqindan yordam berib kelmoqda. Bundan tashqari, xorijda milliy bayramlarimizni nishonlash bizni g'ururlantiradi, boshqa xorijlik hamkasblarimiz oldida faxr tuyg'usini his etamiz.


Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!


Shahlo Halilova, "Sharqona" madaniyat jamiyati rahbari:


– Leverkuzen shahrida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligini vatandoshlar bilan birgalikda keng bayram qildik. An'anaga ko'ra, bu safar ham palov tayyorlash musobaqasini tashkil etdik. Vatandoshlar besh xil turdagi palov tayyorlab, o'z mahoratlarini ko'rsatdilar.


Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni O'zbekiston Mustaqilligi kuni bilan tabriklayman.


Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin!

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish