Logo

Xitoydan tabrik: Ushbu sana nafaqat o'tgan yutuqlar bayrami, balki kelajakka ishonch bilan qarash uchun muhim daqiqadir

Avgust 29, 2025. 10:29 • 2 daq

53
Xitoydan tabrik: Ushbu sana nafaqat o'tgan yutuqlar bayrami, balki kelajakka ishonch bilan qarash uchun muhim daqiqadir

PEKIN, 29-avgust. /"Dunyo" AA/. Pekin xalqaro muloqot klubi bosh kotibi Xan Xua (Xitoy) "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan xalqimizga o'zining bayram tabriklarini izhor qildi:

– Avvalo, O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligi bilan samimiy tabriklayman. O'tgan davr mobaynida O'zbekiston davlat qurilishi, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, xalqaro maydonda mustaqil o'rinni egallash borasida ulkan yutuqlarga erishdi. Ushbu sana nafaqat o'tgan yutuqlar bayrami, balki kelajakka ishonch bilan qarash uchun muhim daqiqadir.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O'zbekistonda bir qator juda muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar ulkan va keng qamrovli bo'lib, iqtisodiyotni liberallashtirish, investitsiya muhitini yaxshilash, infratuzilmani modernizatsiya qilish, ijtimoiy farovonlik, ta'lim va boshqaruvni o'z ichiga oladi.

E'tiborlisi, bu islohot dasturi ham pragmatik, ham uzoq muddatli bo'lib, O'zbekistonning iqtisodiy salohiyatini ochib beradi va mamlakatning tashqi dunyoga ochilishini chuqurlashtiradi. Bu islohotlar nafaqat O'zbekistonning hamkor sifatidagi jozibadorligini oshiribgina qolmay, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasiga yangi kuch-g'ayrat bag'ishlamoqda.

Xitoy-O'zbekiston munosabatlari so'nggi yillarda jadal rivojlanib, mazmuni tobora chuqurlashib bormoqda. Xitoy doimo O'zbekistonga Markaziy Osiyodagi muhim strategik sherik sifatida qaragan. Ikki tomonlama hamkorligimiz savdo, sarmoya, infratuzilma, energetika va odamlar o'rtasidagi almashinuvni o'z ichiga oladi. Xitoy kompaniyalari O'zbekistondagi nafaqat investorlar, balki uzoq muddatli hamkorlar bo'lib, mahalliy taraqqiyot va yangi ish o'rinlari yaratishga faol hissa qo'shmoqda.

O'zbekiston, shuningdek, mintaqaviy bog'liqlik tashabbuslarini, jumladan, "Bir makon, bir yo'l" tashabbusini faol qo'llab-quvvatlaydi. Shu ma'noda munosabatlarimiz nafaqat mamlakatlarimizga foyda keltiradi, balki mintaqaviy barqarorlik va farovonlikni birgalikda rag'batlantirishga ham xizmat qiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish