Ispaniyadan munosabat: O'zbekistondagi bugungi yangilanish darajasi mamlakat taraqqiyotining ilg'or yo'lidan dalolat beradi
Avgust 31, 2025. 12:34 • 2 daq
• 30
MADRID, 31-avgust. /"Dunyo" AA/. San-Pablo universiteti Ijtimoiy tadqiqotlar instituti professori, Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha ekspert Antonio Alonso (Ispaniya) mamlakatimiz mustaqilligining 34-yilligi arafasida "Dunyo" AA uchun bergan intervyusida O'zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali natijalari haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Prezident Shavkat Mirziyoyevning siyosati tufayli qo'shni davlatlar rahbarlari Markaziy Osiyoni barqaror, kuchli va o'zini-o'zi ta'minlaydigan mintaqaga aylantirish yo'lida kelishilgan hamkorlikda ish olib borish muhimligini anglab yetdi. Markaziy Osiyoni birlashtirishga hech kim qarshi emas. Chunki, bu suv va chegaralarni boshqarish, xalqaro terrorizm tahdidlari, giyohvand moddalar va qurol-yarog'larning noqonuniy aylanishi, odam savdosi bilan bog'liq mintaqaviy muammolar va vazifalarni hal etishda muhim ahamiyatga ega.
Markaziy Osiyo mohiyatan butun dunyo uchun davlatlararo yaxshi qo'shnichilik va o'zaro manfaatli hamkorlik modeli bo'lib, u hech kim uchun xavf yoki tahdidni anglatmaydi. Aksincha, bu o'zaro hamkorlik mexanizmi Markaziy Osiyoning o'zi va uning atrofidagi mintaqalar uchun ham foydalidir.
Bugun dunyoda kechayotgan global muammolar, Markaziy Osiyoga qo'shni mintaqalarda keskinlashib borayotgan ziddiyatlar O'zbekiston yetakchisining xalqaro hamkorlikni yana-da yuqori darajaga ko'tarish rejalarini to'liq ochib berishga to'siq bo'layapti. Jahonga ochilgan O'zbekiston, afsuski, bo'linuvchi dunyoga duch kelmoqda va global beqarorlik Markaziy Osiyo mintaqasi uchun yangilanish jarayonlari va rivojlanishning iqtisodiy yuksalishiga salbiy ta'sir ko'rsatyapti.
O'zbekiston bugun nafaqat yaxshi rahbar, balki uzoqni ko'ra oladigan siyosatchi sifatida e'tirof etilayotgan Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida yangi-yangi yutuqlarni qo'lga kiritmoqda.
"COVID-19" pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan global inqiroz va boshqa muammolarga qaramay, O'zbekiston bu murakkab vazifani qanday yengib o'tish kerakligini o'z misolida ko'rsatmoqda. Bunda mamlakat, bir tomondan, o'zining ko'pmillatli va konfessiyalararo yagona jamiyatda birgalikda tinch-totuv yashash madaniyatiga tayansa, ikkinchi tomondan, Prezident Shavkat Mirziyoyev timsolida kuchli va obro'li rahbarga suyanmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi