Logo

"Kitay" jurnali: Yangi O'zbekistonni barpo etish borasidagi islohotlar mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta'minlash va xalq farovonligini oshirishga qaratilgan

Avgust 05, 2025. 11:45 • 2 daq

70
"Kitay" jurnali: Yangi O'zbekistonni barpo etish borasidagi islohotlar mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta'minlash va xalq farovonligini oshirishga qaratilgan

PEKIN, 5-avgust. /"Dunyo" AA/. Xitoydagi ommabop "Kitay" jurnalida "Mustaqillikning 34 yilligi arafasida Yangi O'zbekiston" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar natijasida O'zbekistonda milliy davlatchilik asoslari mustahkamlangani, suverenitet va chegaralar daxlsizligi ta'minlangani ta'kidlangan. Tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik va bag'rikenglik muhitini mustahkamlash, qonun ustuvorligi, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.

"Yangi O'zbekistonni bunyod etish boshlanganidan buyon o'tgan qisqa vaqt ichida iqtisodiy o'sish sur'atlari tezlashdi, yalpi ichki mahsulot hajmi tarixda birinchi marta 110 milliard dollardan oshdi, – deyiladi nashrda. – "Yashil" va innovatsion iqtisodiyotga o'tish, muqobil energiya manbalarini yaratish bo'yicha amalga oshirilayotgan keng ko'lamli dastur va loyihalar mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga, eng muhimi, mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga zamin yaratadi".

2024 yilda O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 6,4 milliard dollarni tashkil etdi, bu o'tgan yilga nisbatan 5,2 foizga ko'pdir.

Jurnalda yozilishicha, respublikada Yevropa kapitali ishtirokidagi mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda, investitsiya loyihalari hajmi 30 milliard yevroga yetdi.

So'nggi yillarda O'zbekistonning Rossiya, Xitoy, AQSh, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Turkiya va Osiyoning yirik davlatlari bilan hamkorligi yanada mustahkamlandi. Ayniqsa, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan barcha sohalarda o'zaro do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va strategik sheriklik ruhidagi munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish borasida katta yutuqlarga erishildi.

Qayd etilicha, O'zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatidagi tub o'zgarishlar eksportni rivojlantirishda ham o'z ifodasini topmoqda. Birinchi yarim yillikda eksport hajmi qariyb 17 milliard dollarga yetib, 33 foizga o'sdi.

Maqola yakunida "Bugun respublikada tarixiy yangilanish jarayonlari, Yangi O'zbekiston bunyod etish borasidagi islohotlar iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, xalq farovonligini oshirish, uning imkoniyat va salohiyatini yuzaga chiqarish uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan", – deb yozilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish