Malayziyada o'tkazilgan davra suhbati O'zbekiston mustaqilligining o'ttiz to'rt yilligiga bag'ishlandi
Sentabr 21, 2025. 14:41 • 52 soniya
• 60
KUALA-LUMPUR, 21-sentabr. /"Dunyo"AA/. O'zbekiston elchixonasi tomonidan Malayziyada ta'lim olayotgan o'zbekistonlik talaba yoshlar ishtirokida davra suhbati o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
O'zbekiston davlat mustaqilligining o'ttiz to'rt yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbir ishtirokchilariga respublikada amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, xorijdagi vatandoshlarga qaratilayotgan alohida e'tibor, yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar haqida so'zlab berildi.
Vatandoshlarga mezbon davlatning qonun-qoidalariga qat'iy rioya qilish muhimligi ta'kidlandi.
Tadbir so'zga chiqqan vatandosh-talabalar O'zbekistonda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan siyosatni qo'llab-quvvatlashlarini aytish barobarida, xorijdagi o'zbek yoshlariga qaratilayotgan yuksak e'tibor uchun minnatdorlik bildirdilar.
– Mustaqillik xalqimizga o'zligini anglash, tarixini chuqur o'rganish, madaniy va ma'naviy merosdan bahramand bo'lish imkoniyatini taqdim etdi, dedi O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Malayziyadagi koordinatori, "Xiamen" universiteti talabasi Ibrohimjon Normuhammadov.– O'tgan 34 yil davomida mamlakatimiz tarixiy rivojlanish davrini boshdan kechirdi. Turli sohalarda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Bu yutuqlar xalqimiz farovonligini ta'minlash uchun xizmat qilmoqda. Xususan, xorijdagi o'zbekistonlik yoshlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Biz yoshlar bundan mamnunmiz.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi