Logo

Bryusseldan tabrik: O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi – bu faqatgina vaqt o'tishi emas, balki butun bir millatning yangi taraqqiyot yo'li tantanasidir

Avgust 29, 2025. 08:02 • 2 daq

50
Bryusseldan tabrik: O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi – bu faqatgina vaqt o'tishi emas, balki butun bir millatning yangi taraqqiyot yo'li tantanasidir

BRYUSSEL, 29-avgust. /"Dunyo" AA/. "Diplomatic World Institute" tahliliy markazining loyihalar bo'yicha rahbari Alberto Turkstra "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz xalqiga o'zining bayram qulovlarini yo'lladi:

– O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi – bu faqatgina vaqt o'tishi emas, balki butun bir millatning g'ayrat va harakatlar bilan to'lgan yangi taraqqiyot yo'li tantanasidir. So'nggi yillarda O'zbekiston ijobiy o'zgarishlarni amalga oshirib, jahon sahnasida ishonchli, zamonaviy va kelajakka intiluvchi davlat sifatida namoyon bo'ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O'zbekiston jasorat bilan kelajak sari odimlamoqda. Mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar siyosat, iqtisodiyot kabi sohalarni tubdan o'zgartirmoqda hamda xalqaro hamjamiyatning katta e'tiborini qozonmoqda.

O'zbekiston iqtisodiyoti jadal liberallashayotgan va bozor tamoyillariga asoslangan model sari intilib, keng qamrovli islohotlar jarayonini boshdan kechirmoqda. Yaxshilangan biznes muhiti chet el investitsiyalarining keskin o'sishiga sabab bo'ldi. "Yashil" energetika, axborot texnologiyalari, to'qimachilik va turizm kabi sohalar jadal rivojlanmoqda. Eng muhimi, bu o'zgarishlar o'zbek xalqi farovonligiga xizmat qilayapti.

Ijtimoiy sohada O'zbekiston ochiq, inklyuziv va innovatsiyalarga asoslangan jamiyat qurishga intilyapti. Ta'lim tizimi tubdan qayta ko'rib chiqilmoqda – xalqaro universitetlar o'z filiallarini ochmoqda, zamonaviy o'quv dasturlari joriy qilinmoqda.

Yoshlarni rag'batlantirish, gender tengligi va raqamli savodxonlik – endilikda milliy ustuvor yo'nalishlar sirasiga kirdi. Islohotlar fuqarolik jamiyatini mustahkamlash va ommaviy axborot vositalari erkinligini ta'minlashga xizmat qilayotir, bular barchasi rivojlanayotgan demokratiyaning belgilaridir.

Gender tengligi va ijtimoiy inklyuzivlik borasida uzoq kutilgan choralar ko'rilmoqda. Ayollarning jamoat hayotidagi ishtiroki oshib bormoqda, maqsadli siyosatlar esa barcha uchun imkoniyatlar eshigini ochayapti. Mamlakat aholisining 60 foizi 30 yoshgacha ekanini hisobga olsak, yoshlar uchun ta'lim va ish o'rinlari yaratish milliy dasturlarning markazidan o'rin olgan. Bu esa barqaror va inklyuziv o'sishni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.

Siyosiy sohada O'zbekistonda chuqur va barqaror islohotlar amalga oshirilmoqda. Qonun ustuvorligi mustahkamlanmoqda, fuqarolik erkinliklari kengaymoqda, hokimiyat organlari esa yana-\da ochiq va hisobdor bo'lmoqda. Demokratik jarayon rivojlanib, davlat va jamiyat o'rtasida muloqot uchun yangi imkoniyatlar ochilyapti. Xalqaro maydonda O'zbekiston ochiqlik va konstruktiv diplomatiyani namoyish etayotir. Mamlakat qo'shni davlatlar va global hamkorlar bilan aloqalarni sezilarli darajada mustahkamladi va Markaziy Osiyoda barqarorlik va o'zaro bog'liqlikni ta'minlovchi yetakchi sifatida tan olindi.

"Diplomatic World Institute" tahliliy markazi nomidan qardosh O'zbekiston xalqi va rahbariyatini mustaqillik bayrami bilan chin qalbdan tabriklaydi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish