Kuvaytdan tabrik: O'zbekiston Mustaqillik kuni munosabati bilan do'st o'zbek xalqiga samimiy va eng ezgu tilaklarimizni izhor etamiz
Avgust 30, 2025. 11:30 • 2 daq
• 61
AL-KUVAYT, 30-avgust. /"Dunyo" AA/. Kuvayt Savdo-sanoat palatasi bosh direktorining o'rinbosari Imad al-Zaid "Dunyo" AA uchun intervyusida xalqimizni O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligi bilan tabrikladi.
– Men 2024-yilda O'zbekistonda bo'lish imkoniyatiga ega bo'lganman. Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari, xavfsizligi, toza havosi, aholining kayfiyati, mahsulotga to'la bozorlardagi gavjumlik meni hayratda qoldirgan.
Aholi va mahalliy tadbirkorlarning kelajakka ishonchi balandligi uchun ham mamlakatda turar joy majmualari, tijorat markazlari qurilishiga bo'lgan ehtiyojni keskin ortib bormoqda.
Iste'mol bozori, tabiiy resurslar va mavjud xom ashyo hajmi bilan Markaziy Osiyoda o'z o'rniga ega O'zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlash biz uchun muhim yo'nalish.
Joriy yil fevral oyida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Kuvaytga rasmiy tashrifi amalga oshirildi. Tashrif davomida bir qator muhim kelishuvlar imzolandi va bu kuvaytlik investorlar hamda ishbilarmon doiralari vakillari uchun o'zbek sheriklar bilan ishlashga muhim turtki berdi.
O'tgan davr mobaynida biz yurtingiz elchixonasi bilan birgalikda ikki davlat tadbirkorlari uchun Al-Kuvaytda va O'zbekistonning turli viloyatlarida qator tadbirlar, shu jumladan biznes forumlar va davra suhbatlari tashkil etdik.
O'zbekistondan tashrif buyurgan tadbirkorlarning faolligi, tashqi savdodagi ilmiy salohiyatini ko'rib Yangi O'zbekistonning kelajagi yorqin ekanligiga yana bir bor amin bo'ldim.
Men Kuvayt-O'zbekiston savdo-iqtisodiy aloqalari bundan ham rivojlanib, mustahkamlanib borishiga ishonaman.
So'zim oxirida O'zbekiston Mustaqillik kuni munosabati bilan do'st o'zbek xalqiga samimiy va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi