Germaniyadan tabrik: O'zbekiston dunyo hamjamiyatiga tinchlik va farovonlik hukmron mamlakatdagina taraqqiyotga erishish mumkinligini o'z tajribasi orqali namoyish qilmoqda
Sentabr 01, 2025. 13:33 • 2 daq
• 37
BERLIN, 1-sentabr. /"Dunyo" AA/. Germaniyaning "Mangold Consulting GmbH" kompaniyasi rahbari, professor Klaus Mangold "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan xalqimizga bayram tabriklarini yo'lladi:

– O'zbekiston xalqini mamlakat mustaqilligining 34 yilligi bilan muborakbod etaman. Bundan 34 yil muqaddam erishilgan istiqlol sharofati tufayli bugun mamlakatingiz xalqi ozod va erkin yashamoqda, respublika jadal rivojlanmoqda.
O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar bevosita Prezident Shavkat Mirziyoyev nomi bilan bog'liq. Davlat rahbarini so'nggi yillarda yurtingizda erishilgan barcha sohalardagi yutuq va muvaffaqiyatlarning muallifi, deb hisoblayman.
Erishilayotgan iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlari, tashqi va ichki bozordagi o'sish suratlari, umuman barcha sohalarda O'zbekiston eng yaxshi natijalarni ko'rsatmoqda. O'zbekiston Prezidenti ortga qaytmas islohotlari bilan o'z xalqi oldida buyuk xizmatlarni ado etmoqda, bu yutuqlar xalqaro hamjamiyat tomonidan ham tan olinyapti. Shuningdek, mamlakatingiz yetakchisi O'zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yuqori darajaga olib chiqdi. Boshlangan islohotlarni muvaffaqiyatli davom ettirishda Prezident Shavkat Mirziyoyevga muvaffaqiyat tilayman.
Shu o'rinda yana bir muhim jihatni alohida ta'kidlashni xohlardim, ya'ni jadal suratlar bilan amalga oshirilayotgan islohotlar davrida ta'lim sohasiga katta e'tibor qaratilayotir. O'zbekiston Prezidenti mamlakat yoshlari yuqori salohiyatli va turli kasblarning malakali mutaxassislari bo'lib yetishishi maqsadini davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi etib belgiladi.
Yangi O'zbekiston universiteti, prezident maktablari va turli ta'lim muassasalari faoliyati yo'lga qo'yilganligi mamlakat kelajagiga kiritilayotgan sarmoyadir. Chunki, har bir davlatning kelajagi, taraqqiyoti bevosita ta'lim bilan bog'liqdir.
Bir so'z bilan aytganda, O'zbekistonda boshlangan islohotlar bugun barcha sohalarda o'zining ijobiy natijalarini ko'rsatmoqda. Yana bir gap, O'zbekiston dunyo hamjamiyatiga tinchlik va farovonlik hukmron mamlakatdagina taraqqiyotga erishish mumkinligini o'z tajribasi orqali namoyish etayapti. Yurtingizdagi tinchlik va taraqqiyot bardavom bo'lsin.
Ushbu qutlug' ayyom kunlarida xalqingizga, O'zbekiston Prezidenti va hukumatiga bugungi islohotlar samarasi sifatida shakllanayotgan yorqin kelajak, barqarorlik va ulkan taraqqiyot tilayman.
Mustaqillik bayramingiz muborak bo'lsin!
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi