Rossiyaning Vladivostok shahrida O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan mini-futbol bo'yicha turnir o'tkazildi
Avgust 29, 2025. 18:57 • 46 soniya
• 42
VLADIVOSTOK, 29-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Rossiyaning Vladivostok shahrida sportning mini-futbol turi bo'yicha xalqaro turnir tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo"AA muxbiri.

O'zbekiston Bosh konsulxona tomonidan Primorsk o'lkasi hukumati bilan birgalikda o'tkazilgan turnirda O'zbekiston, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Vyetnam, Hindiston, Tojikiston, Qirg'iziston va Ozarbayjon fuqarolaridan tashkil topgan jami 10 ta jamoa ishtirok etdi.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida so'zga chiqqan bosh konsul Yusup Kabuljanov vatandoshlarimizni O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi bilan tabriklab, musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi. Shuningdek, chempionatni yuqori saviyada tashkil qilishda yaqindan yordam ko'rsatgan Primorsk o'lkasi hukumati vakillariga minnatdorlik bildirildi.
Turnir davomida o'tkazilgan o'yinlar murosasiz va kurashlarga boy tarzda kechdi. Musobaqalar yakunida g'olib va sovrindor bo'lgan jamoalarga kubok, medal, diplom va boshqa qimmatbaho sovg'alar bilan topshirildi.
Musobaqadan so'ng, ishtirokchilari va muxlislar uchun o'zbekona dasturxon yozilib, palov ulashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi