Sankt-Peterburgdan tabrik: O'zbekiston mustaqillik yillarida iqtisodiy pozitsiyalarini mustahkamlab, Markaziy Osiyoda yetakchi davlatlardan biriga aylandi
Avgust 28, 2025. 15:46 • 2 daq
• 70
SANKT-PETERBURG, 28-avgust /"Dunyo"AA/. "National Business" jurnali bosh muharriri Anna Savchuk (Rossiya) "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz xalqiga o'zining bayram qutlovlarini yo'lladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

– Rossiyaning yangi avlod rahbarlari uchun mo'ljallangan "National Business" biznes jurnali tahririyati nomidan sizlarni O'zbekiston mustaqilligining o'ttiz to'rt yilligi bilan chin dildan tabriklayman.
Ushbu bayram nafaqat erkinlik va mustaqil rivojlanish yo'lida tarixiy tanlov ramzi, balki kuchli, barqaror va jahon hamjamiyatiga ochiq davlat qurishga qaratilgan qat'iyatning ifodasidir. Mustaqillik yillarida O'zbekiston jiddiy yutuqlarga erishdi. Mamlakat jadal rivojlanish yo'lida ketmoqda, iqtisodiy pozitsiyalarini mustahkamlab, Markaziy Osiyoda yetakchi davlatlardan biriga aylandi.
Shuni alohida ta'kidlashni istardimki, joriy yilda biz ilk bor Toshkentdagi xalqaro investitsiya forumida ishtirok etdik. Bu tajriba respublikaning investitsiya muhiti bilan yaqindan tanishish, yangi aloqalar o'rnatish va O'zbekiston o'z kelajagini qanday jonli, ochiq va ishtiyoq bilan qurayotganini ko'rish imkonini berdi.
Biz bunday tashabbuslarning ikki tomonlama aloqalarni yanada kengaytirish uchun mustahkam poydevor yaratishiga, biznes, madaniy almashinuv va qo'shma loyihalar uchun yangi ufqlarni ochishiga ishonamiz.
O'zbekiston va uning xalqiga barqaror farovonlik va ravnaq hamroh bo'lishini, davomiy va izchil rivojlanish, mintaqadagi yetakchi pozitsiyasini mustahkamlab, belgilangan strategik maqsadlarni muvaffaqiyat bilan amalga oshirishni tilaymiz. Mamlakatlarimiz o'rtasidagi do'stlik va hamjihatlik mustahkam bo'lib, o'zaro manfaatli hamkorlik har ikki tomon uchun barqaror va ijobiy natijalar olib kelsin.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi