Tojikistondan tabrik: O'zbekistonning tinchliksevar va yaxshi qo'shnichilik tashabbuslari Markaziy Osiyoning barcha davlatlarida qo'llab-quvvatlanmoqda
Avgust 30, 2025. 09:30 • 2 daq
• 41
DUSHANBE, 30-avgust. /"Dunyo" AA/. Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi Falsafa, siyosatshunoslik va huquq instituti ilmiy xodimi Viktor Kim "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz xalqiga o'zining bayram qutlovlarini yo'lladi:

– O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Yangi O'zbekistonni bunyod etish yo'lidagi navbatdagi qadamdir. Har yili 1 sentyabrda nishonlanadigan respublika Mustaqillik kuni shunchaki taqvimdagi sana emas, u suverenitetning asosiy ramzi, o'zbek xalqining o'tmishi, buguni qayta tiklangan kundir. To'g'ri 34 yil tarixan qisqa vaqt. Siyosiy me'yorlarga ko'ra, mustaqillikning 34 yili – davlat o'z tajribasiga ega bo'lgan va kelajak avlodlar uchun ishonch bilan Yangi O'zbekistonni barpo eta oladigan kamolot yoshidir.
O'zbekiston mustaqillikning ana shunday qisqa tarixiy davrida erishgan asosiy yutuqlari haqida gapiradigan bo'lsak, avvalo, xalq ishonchiga, qo'shni davlatlar bilan yaxshi qo'shnichilik munosabatlariga asoslangan izchil ichki va tashqi siyosatni ta'kidlab o'tish kerak. Buning natijasida Yangi O'zbekiston qurish bo'yicha belgilangan vazifalar hal etilmoqda.
Yangi O'zbekiston shunchaki go'zal ibora emas, u iqtisodiy va siyosiy maqsadlarni ijtimoiy-mafkuraviy tarkibiy qismlar bilan uyg'unlashtirgan noyob g'oyadir. Yevroosiyo makonidagi boshqa davlatlar iqtisod, siyosat va mafkurani uyg'unlashtira olmagan ishlarni O'zbekiston uddaladi. "O'zbekiston – 2030" strategiyasi esa Yangi O'zbekistonni qurishga qaratilgan kompleks davlat dasturi hisoblanadi.
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mintaqaviy va xalqaro tashabbuslari nafaqat O'zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasining xalqaro hamjamiyatdagi imiji va o'rnini tubdan o'zgartirdi. Yechilmaydigan muammo hal qilindi. Markaziy Osiyo Yevroosiyo makonida "Sharq-G'arb" va "Shimol-Janub" yo'nalishlarida yagona mintaqa va muhim transport-logistika markaziga aylanmoqda.
O'zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari ko'rinishidagi yangi muloqot maydoni g'oyasini ilgari surgan va mintaqaviy moderator rolini o'z zimmasiga olib, mintaqani raqobat emas, balki hamkorlik hududiga aylantirdi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari allaqachon mustaqil ravishda yagona mintaqaviy kun tartibini shakllantirmoqda. 2025 yil 31 mart Farg'ona vodiysi davlatlarining uzoq yillardan beri hal bo'lmagan muammosiga chek qo'ygan tarixiy sana bo'ladi. Xo'jand shahrida Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekiston davlat rahbarlarining uch tomonlama sammiti bo'lib o'tdi. unda "O'zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Qirg'iziston Respublikasi davlat chegaralarining uch tomonlama tutashuv nuqtasi to'g'risida"gi tarixiy hujjat imzolandi. Shuningdek, "Abadiy do'stlik to'g'risida Xo'jand deklaratsiyasi" imzolandi.
Bir so'z bilan aytganda, O'zbekistonning tinchliksevar va yaxshi qo'shnichilik tashabbuslari Markaziy Osiyoning barcha davlatlarida qo'llab-quvvatlanmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi