Turkiyadan tabrik: O'zbekiston mustaqilligi – madaniyat, do'stlik va taraqqiyot bayramidir
Avgust 31, 2025. 11:53 • 2 daq
• 45
TRABZON, 31-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Trabzon shahridagi faxriy konsuli Sadik Soylu "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston davlat mustaqilligining 34-yilligi munosabati bilan mamlakatimiz xalqiga o'zining bayram qutlovlarini yo'lladi:

– O'zbekiston mustaqilligining 34-yilligi bilan barcha o'zbek qardoshlarimizni va do'stlarimizni chin qalbimdan tabriklayman. Bu tarixiy kun o'zbek xalqining azmu shijoati, jasorati, milliy g'ururining eng yorqin ramzidir. O'zbekiston bilan Turkiya o'rtasidagi do'stlik, qardoshlik va strategik hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda. O'zbekistonning Trabzon shahridagi faxriy konsulli o'laroq, biz ushbu munosabatlarni yana-da mustahkamlash borasidagi sa'y-harakatlarimizni qat'iyat bilan davom ettiryapmiz.
O'zbekiston mustaqilligining 34-yilligiga bag'ishlab Trabzon va unga yaqin hududlarda o'tkazilayotgan madaniy tadbirlarda tashkil etilmoqda. Ularda O'zbekiston san'at, madaniyat va adabiyot namoyondalari ishtirok etib, o'zbek xalqining boy madaniy merosini keng targ'ib qilmoqda.
Trabzondagi oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalar bilan doimiy muloqot yo'lga qo'yilgan. Ular ham bayramoldi tadbirlarda faol qatnashyapti.
Men O'zbekiston faxriy konsuli sifatida ishbilarmon doiralar vakillari bilan ko'proq uchrashishga harakat qilaman. Ularni yurtingizga sarmoya kiritishga faol da'vat qilayapmiz. Bir so'z bilan aytganda, turk va o'zbek biznesi o'rtasida "ko'prik" bo'lishga intilayapmiz. Bundan tashqari, Turkiyada istiqomat qiladigan O'zbekiston fuqarolarini har jihatdan qo'llab-quvvatlashga alohida etibor qaratilyapti.
Fursatdan foydalanib, O'zbekiston mustaqilligi bayrami barchamizga tinchlik-xotirjamlik, to'kinlik va farovonlik olib kelishini tilayman.
O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi do'stlik abadiy bo'lsin.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi