Turkiyadan tabrik: O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Yangi O'zbekistonning rivojlanish darajasiga va jahon maydonidagi obro'-e'tiboriga munosib tarzda keng nishonlanmoqda
Avgust 31, 2025. 15:07 • 2 daq
• 105
ANTALYA, 31-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Antalyadagi faxriy konsuli Barish Gyokche "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz xalqiga o'zining bayram tabriklarini yo'lladi:

– O'zbekiston 1991-yil 31-avgustda o'z mustaqilligini e'lon qildi va 1 sentyabrni mustaqillik kuni o'laroq belgiladi. Har yili ushbu sana O'zbekistonda katta ko'tarinkilik bilan nishonlanadi. Joriy yil 10-iyul kuni O'zbekiston Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o'ttiz to'rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Qaror ijrosi doirasida 34 yillik mustaqillik bayrami Yangi O'zbekistonning rivojlanish darajasiga, jahon maydonidagi obro'-e'tiboriga munosib tarzda yuksak saviyada nishonlanyapti.
Mustaqillikning 34 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbirlari "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" degan ezgu g'oya ostida keng tantana qilinmoqda. O'zbekiston istiqlolga erishgan kun munosabati bilan Turkiyada ham bir qator ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilayotir. Ularda O'zbekistondan san'at ustalari ishtirok etayapti. Jumladan, joriy avgust oyi boshida Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi qoshidagi musiqa jamoasi vakillari Anqara va Karaman shaharlarida o'tkazilgan tadbirlarda ishtirok etishdi. Ular o'z chiqishlari orqali o'zbek madaniyatini keng targ'ib qildilar.
Fursatdan foydalanib, barcha o'zbek birodar va opa-singillarimizni O'zbekiston uchun eng ulug' va eng aziz bayram – Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.
O'zbekiston Mustaqilligi bardavom bo'lsin! Yashasin o'zbek-turk qardoshligi!
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi