Dohada O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan rasmiy qabul o'tkazildi
Oktabr 02, 2025. 17:40 • 2 daq
• 74
DOHA, 2-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Qatar poytaxti Doha shahrida O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag'ishlangan tantanali qabul marosimi o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda Qatar davlat idoralari va rasmiy doiralari vakillari, Dohada akkreditatsiyadan o'tgan xorijiy mamlakatlarning diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar, jamoatchilik va biznes doiralari hamda Qatarda istiqomat qilayotgan o'zbek diasporasining faol vakillari ishtirok etdi.
Shuningdek, qabul marosimida Atrof-muhit va iqlim o'zgarishi vaziri Abdulla Al-Subaiy, davlat vaziri – Qatar milliy kutubxonasi raisi Hamad Al-Kavariy, Tashqi ishlar vaziri bosh kotibi Ahmad Al-Hammadiy, Tashqi ishlar vazirligi Davlat protokoli direktori Ibrohim Faxrular qatnashdi.
Qabul marosimida O'zbekiston va Qatar o'rtasidagi do'stona munosabatlarning rivojlanish dinamikasi, ikki tomonlama strategik sheriklikning kengayib borayotgan yo'nalishlariga bag'ishlangan videorolik namoyish etildi. Ishtirokchilar e'tiboriga O'zbekiston-Qatar aloqalari tarixi, amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar, savdo-iqtisodiy hamkorlik, shuningdek, madaniy va gumanitar aloqalarni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so'zlab berildi.
Rasmiy qismdan so'ng, O'zbekiston kelgan maqom san'ati xonandalari ishtirokidagi konsert dasturi bo'lib o'tdi. Shuningdek, mahalliy va xorijiy mehmonlarga Toshkentdan kelgan oshpazlar tomonidan tayyorlangan an'anaviy o'zbek taomlari, palov ulashildi.
Shuningdek, Qatarda faoliyat yuritayotgan o'zbek tadbirkorlari tomonidan milliy o'zbek kiyimlari namoyishi tashkil etildi.
Shayx Xolid Al-Sulaytiy, "Katara" madaniy markazi rahbari:
– Yuqori saviyada uyushtirilgan mazkur qabul marosimida ishtirok etish biz uchun katta sharaf. Tadbir doirasida taqdim etilgan iqtisodiy imkoniyatlar, investitsion loyihalar va boy madaniy dastur O'zbekistonning zamonaviy imiji va salohiyatini yaqqol namoyon etdi. Qatar O'zbekiston bilan o'rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yana-da rivojlantirish tarafdori.
Muhammad Ali, Qatar Ichki ishlar vazirligi vakili:
– O'zbek milliy musiqasi, milliy taomlari va boshqa madaniy namoyishlar orqali O'zbekiston xalqiga xos samimiylik va mehmondo'stlikni yana bir bor his etdim. Bunday tadbirlar xalqlar o'rtasidagi o'zaro hurmat va do'stlik rishtalarini yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi