Saudiya Arabistonida Umra amallarini bajarayotgan yurtdoshlarimiz O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligini nishonladilar
Sentabr 03, 2025. 18:22 • 41 soniya
• 50
MAKKA, 6-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining Makka shahrida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
O'zbekistondan Umra ziyorati uchun Saudiya Arabistonida borgan vatandoshlarimiz qatnashgan bayram tadbirida O'zbekiston yangi tarixiy davrga qadam qo'ygani, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jabhalardagi islohotlar, jumladan, jamiyatimiz va butun mamlakatimiz taraqqiyoti uchun ustuvor ahamiyatga ega bo'lgan umumdavlat dasturlari haqida so'zlab berildi.
So'nggi yillarda barcha sohalar qatori diniy-ma'rifiy yo'nalishda ham ulkan o'zgarishlar ro'y bergani, jumladan, Umra ziyorati uchun kvotalar bir necha yuz ming nafarga, Haj kvotasi esa 15 mingga oshirilgani ma'lum qilindi.
Vatandoshlar o'z chiqishlarida O'zbekiston hukumati tomonidan ziyoratchilar uchun yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar uchun minnatdorlik bildirdilar.
Bayram tadbiri so'nggida yoshi ulug' otaxon va onaxonlarimiz jonajon O'zbekistonimiz tinchligi va taraqqiyotini so'rab duolar qildilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi