Logo

Tashqi ishlar vazirligida Vatanimiz mustaqilligi kuni munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi

Avgust 31, 2025. 10:52 • 52 soniya

115
Tashqi ishlar vazirligida Vatanimiz mustaqilligi kuni munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi

TOSHKENT, 31-avgust. /"Dunyo" AA/. Kecha Tashqi ishlar vazirligida mamlakatimizning Mustaqillik kuniga bag'ishlangan tantanali tadbir o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, yig'ilishda Vazirlik rahbariyati va jamoasi ishtirok etdi.

Tadbirni Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Bahromjon A'loyev ochib, Vatanimiz mustaqilligining o'ttiz to'rt yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda Davlatimiz rahbari so'zlagan nutqning asosiy jihatlariga alohida to'xtaldi.

Mustaqillik xalqimiz uchun muqaddas qadriyat sifatida ulkan ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi. Shuningdek, so'nggi yillarda barcha sohalarda erishilayotgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ochiq, do'stona va pragmatik tashqi siyosatimizning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida ma'lumot berildi.    

Tadbir doirasida ilk bor ta'sis etilgan "Diplomatik xizmat fidoyisi" va "Diplomatik xizmat a'lochisi" ko'krak nishonlari vazirlikning faol, fidoyi va o'z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib kelayotgan xodimlarga topshirildi.

Yig'ilishda so'zga chiqqan diplomatlar, jonajon vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligini ta'minlash, xalqaro maydonda O'zbekistonning mavqei va o'rnini yuksaltirish yo'lida yana-da sobitqadam bo'lishlarini, barcha sa'y-harakatlarini safarbar etishlarini ta'kidladilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish