Pokiston poytaxtida O'zbekistonda 2025 yilning birinchi yarmida erishilgan natijalarga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi
Avgust 09, 2025. 08:04 • 3 daq
• 125
ISLOMOBOD, 9-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi arafasida Islomobod shahrida Pokistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Anjuman O'zbekiston va Pokiston o'rtasidagi ikki tomonlama aloqalarda kuzatilayotgan ijobiy dinamika, 2025-yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va rejalashtirilgan ustuvor vazifalar to'g'risidagi ma'lumotlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida o'tkazildi.
O'zbekiston elchisi Alisher To'xtayev matbuot anjumani avvalidagi nutqida, so'nggi yillarda ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlar barcha sohalarda jadal rivojlanib borayotganini, bunda ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va o'zaro ishonchi muhim o'rin tutishini ta'kidladi.
Yil boshidan beri o'tkazilgan ikki tomonlama oliy va yuqori darajadagi muloqotlar, jumladan, 25-26 fevral kunlari Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharifning O'zbekistonga bo'lib o'tgan rasmiy tashrifi doirasida ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko'tarishga qaratilgan muhim hujjatlar imzolangani qayd etildi. Tashrif yakunlariga ko'ra esa, barcha kelishuvlarni samarali amalga oshirishni ta'minlovchi qo'shma "Yo'l xaritasi" ishlab chiqishga kelishildi. Ma'ruzada Transafg'on temir yo'li loyihasini amalga oshirish istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi. 17 iyul kuni Kobul shahrida uch davlat tashqi ishlar vazirlari tomonidan Transafg'on temir yo'li loyihasini amalga oshirishning TIA asosi bo'yicha Hadli bitim imzolangani urg'ulandi.
O'zbekiston rasmiy vakili iqtisodiy hamkorlikning joriy holatiga to'xtalib, 2024 yilda ikki tomonlama savdo hajmi 400 million dollardan oshganini, 2025-yilning birinchi yarmida esa 253,7 million dollarga yetib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 123 foizga o'sgani bildirdi. Yaqin istiqbolda savdo hajmini 2 milliard dollarga yetkazish bo'yicha amaliy ishlar olib borilayotgani qayd etildi.
Elchixona tomonidan Islomobod, Lahor va Karachida "Made in Uzbekistan" ko'rgazmalari va "Food Fest" tadbirlari o'tkazildi hamda umumiy qiymati 120 million dollar bo'lgan yangi tijorat va investitsiya shartnomalari imzolandi., Lahor va Karachida O'zbekiston-Pokiston Savdo uylari ochildi, turli idoralararo va biznes delegatsiyalarning tashriflari tashkil etish etildi.
Imtiyozli savdo to'g'risidagi bitim doirasidagi tovarlar sonini 17 tadan 100 tagacha oshirish, O'zbekiston, Afg'oniston va Pokiston o'rtasida uch tomonlama tranzit savdo bitimi loyihasini ishlab chiqish borasida muzokaralar olib borilayotgani aytib o'tildi.
Mamlakatimiz diplomatik vakolatxonasi rahbari OAV vakillarini O'zbekistonning investitsiya va turizm yo'nalishlarida jozibador mamlakat sifatida targ'ib qilishga chaqirdi.
Transport-logistika sohasiga alohida e'tibor qaratildi. Qayd etilganidek, Toshkent va Lahor o'rtasida 2 ta, Toshkent va Islomobod o'rtasida 1 ta aviareys amalga oshirilmoqda. Qo'shma logistika kompaniyasini tashkil etish bo'yicha ishlar olib davom etmoqda, mamlakatimiz, shuningdek, Karachi va Gvadar portlaridan mintaqaviy va xalqaro bozorlarga chiqish uchun faol foydalanish niyatida ekani ta'kidlandi.
Pokiston OAV xodimlari e'tiboriga madaniy-gumanitar va turizm yo'nalishlaridagi tadbirlar, almashinuv loyihalari, O'zbekiston va Pokiston hududida tashkil etilgan xalqaro anjumanlarda ikki mamlakat delegatsiyalarining ishtiroki haqidagi ma'lumotlar taqdim etildi.
Tadbirning ikkinchi qismida interaktiv savol javob sessiyasi o'tkazildi va Pokiston OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi