Sankt-Peterburgda O'zbekiston Mustaqillik kuni bayramiga bag'ishlangan tantanali kecha bo'lib o'tdi
Sentabr 18, 2025. 08:07 • 43 soniya
• 48
SANKT-PETERBURG, 18-sentabr. /"Dunyo" AA/. Rossiya davlat pedagogika universiteti qoshidagi O'zbek madaniyati markazida O'zbekiston Mustaqilligi kuni bayramiga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir O'zbekiston va Rossiya xalqlari o'rtasidagi do'stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. Unda akademik doira vakillari, keng jamoatchilik hamda Sankt-Peterburgda tahsil olayotgan vatandosh talabalar ishtirok etdi.
Rossiya davlat pedagogika universiteti prorektori Sergey Sheremet o'zining qutlov nutqida ikki davlat o'rtasidagi akademik va gumanitar aloqalarni mustahkamlash muhimligini ta'kidladi.
O'zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi vakili Qobul Alimov mamlakatimiz mustaqilligining 34 yili davomida erishgan yutuqlarini ta'kidlab, talabalarni orttirgan bilim va tajribalarini Yangi O'zbekiston taraqqiyotiga safarbar etishga chaqirdi.
Bayram kechasida qo'shiqlar kuylandi, o'zbek she'riyatidan parchalar o'qildi. Xususan, Sankt-Peterburg konchilik universiteti aspiranti Bobomurod Qurbonov tomonidan o'qilgan Hamid Olimjonning "O'rik gullaganda" she'ri ishtirokchilarda taassurot qoldirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi