Logo

Shvetsiyada 1-sentabr – O'zbekiston Mustaqillik kuni keng nishonlandi

Sentabr 02, 2025. 14:34 • 2 daq

74
Shvetsiyada 1-sentabr – O'zbekiston Mustaqillik kuni keng nishonlandi

STOKGOLM, 2-sentabr. /"DunyoAA/. Mamlakatimizning Shvetsiyadagi elchixonasida O'zbekiston davlat mustaqilligining o'ttiz to'rt yilligi bayrami munosabati bilan madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bayram tantanalari shved rasmiy va ishbilarmon doiralari vakillari hamda Shvetsiyaning turli hududlarida istiqomat qilayotgan va vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug'ullanayotgan vatandoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda so'zga chiqqanlar so'nggi yilda O'zbekistonning turli jabhalarida erishilgan yutuqlari va yaqin davr uchun belgilab olingan strategik maqsadlar haqida ta'kidladilar.

Mamlakatimiz elchixonasi huzuridagi Milliy madaniy markaz va Shvetsiyada tashkil etilgan "Mugam Central Asia" ansambli tomonidan ijro etilgan o'zbek milliy kuy va qo'shiqlari mehmonlarga katta taassurot qoldirdi.

Niko Kosmidis, Stokgolm diplomatlar assotsiatsiyasi rahbari:

– O'zbek xalqini 1 sentyabr – Mustaqillik kuni munosabati bilan tabriklayman. Shvetsiyada O'zbekistondagi ulkan islohotlar yuqori qiziqish bilan kuzatib borilyapti.

Bugungi tadbirda guvohi bo'lgan o'zbek xalqining boy madaniy merosi va milliy taomlari menga juda yoqdi. Kelgusida O'zbekistonga sayyoh qilishni rejalashtirayapman.

Larisa Yoxansson, "Cawa Media" onlayn nashriyoti rahbarlari:

– Biz ikki marotaba tashrif buyurgan ajoyib mamlakat xalqini Mustaqillik kuni bilan muborakbod etamiz.

Bugungi madaniy tadbir yuqori darajada tashkil etildi va barcha mehmonlar tomonidan iliq qarshi olindi.

Yurtingiz elchixona bilan birgalikda O'zbekiston salohiyatini Shvetsiyada keng targ'ib qilish bo'yicha ishlarni amalga oshirayapmiz.

O'zbek xalqining mehmondo'stligi, madaniyati va milliy taomlari yoqtiramiz. Ushbu go'zal yurtga yana tashrif buyurishni xohlayman.

Zilola Yulchiyeva, Shvetsiyadagi O'zbekiston Madaniy markazi rahbari:

– Bugun O'zbekistonnng Shvetsiyadagi elchixonasi bilan birgalikda ajoyib tadbirni o'tkazdik.

Fursatdan foydalanib, o'zbek xalqini O'zbekiston Mustaqillik kuni bilan tabriklayman.

Xilola Yusupova, Shvetsiyadagi taniqli instabloger:

– Shvetsiyadagi o'zbek vatandoshlari uchun bu kabi tadbirlar suv va havodek zarur. Bu yerda istiqomat qilayotgan va mehnat faoliyati bilan shug'ullanayotgan o'zbeklar Vatan va mustaqillik kabi muqaddas qadriyatlar atrofida birlashmoqda. Bir so'z bilan O'zbekiston taftini yurakdan his qildik.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish