Logo

Turkiyaning Istanbul shahrida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati tantanali qabul marosimi o'tkazildi

Sentabr 26, 2025. 16:18 • 51 soniya

57
Turkiyaning Istanbul shahrida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati tantanali qabul marosimi o'tkazildi

ISTANBUL, 26-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Turkiyaning Istanbul shahrida O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan tantanali qabul marosimi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tomonidan o'tkazilgan qabul marosimida Turkiya Buyuk millat majlisidagi "O'zbekiston–Turkiya" do'stlik guruhi raisi Osman Mesten, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Quvonichbek Omuraliyev, "Marmara Group" strategik va ijtimoiy tadqiqotlar jamg'armasi raisi Akkan Suver, Turkiy dunyo shaharlari uyushmasi bosh kotibi Faxri Solak, Istanbul shahar hokimligi, "Baykar" kompaniyasi bosh direktorining o'rinbosari Xuseyn Topuz, Turkiya parlamenti sobiq deputati va sog'liqni saqlash vaziri Axad Andijan, Istanbuldagi diplomatik korpus va yetakchi turk kompaniyalari rahbarlari qatnashdi.

Tadbir davomida Chokay Kocharga O'zbekistonning Turkiyadagi madaniyat elchisi va mashhur blogger Serdar Tunjerga esa O'zbekistonning Turkiyadagi turizm elchisi etib tayinlangani haqidagi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

So'zga chiqqanlar O'zbekiston istiqlolga erishgan kun bilan yurtdoshlarimizni tabriklash barobarida, mustaqillik yillarida erishilgan natijalarni, Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan yangilanishlarni yuksak baholadilar.

 Bayram kechasining madaniy qismida o'zbek estrada xonandalari ishtirokida konsert dasturi va O'zbekiston rassomlari ko'rgazmasi tashkil qilindi.

 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish