Eliasson Kari Kristofer: O'zbekistonliklarning mehmondo'stligi, bu yerning muhiti va sportga bo'lgan munosabati chin dildan qoyil qoldiradi
Iyun 12, 2025. 19:20 • 2 daq
• 26
XIVA, 13-iyun. /"Dunyo" AA/. "Pahlavon Mahmud – Strongmen Games" xalqaro turnirida ishtirok etayotgan islandiyalik sportchi Eliasson Kari Kristofer "Dunyo" AA uchun bergan intervyusida O'zbekiston va Xiva shahrida o'tkazilayotgan musobaqalar haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi:

– Tadbir yuqori darajada tashkil etilgan, hammasi eng kichik tafsilotlargacha mukammal o'ylab chiqilgan, professional yondashuv darhol seziladi. Biz islandiyaliklar uchun noodatiy issiq ob-havoga qaramay, taassurotlar faqat ijobiy bo'lmoqda.
Bu men uchun yangi, ammo juda qadrli bir tajriba. Albatta, hammasi odatdagidek emas, lekin men moslashishga va yangi sinovlarni yengishga harakat qilayapman. Men bu sport turi bilan atigi bir yarim yildan beri shug'ullanaman, lekin shu vaqt ichida yetarli bilim va ko'nikmalarni egallashga muvaffaq bo'ldim.
O'zbekistonda ilgari bo'lmaganman va yurtingizga safarim juda maroqli o'tayapti. Yo'l 23 soat davom etdi – bu oson bo'lmadi, ayniqsa uyqusizlik sharoitida, lekin bunga arziydi. Bugun mening asosiy raqibim – bu o'zim va uzoq parvozdagi charchoqlik.
O'zbekiston menda juda iliq taassurot qoldirdi. Bu yerning mehmondo'st odamlari, umumiy muhit va sportga bo'lgan hurmatga loyiq munosabat chin dildan qoyil qoldiradi. Do'stlarim va hamkasblarimga, albatta Xivaga tashrif buyurishni tavsiya qilaman, ayniqsa bahor yoki kuz fasllarida bu yerning iqlimi yanada yoqimli bo'ladi. O'zbekiston haqiqatan ham chiroyli va ilhomlantiruvchi maskan.
Ushbu sport turining barcha muxlislariga, shuningdek yo'lini endi boshlayotganlarga hech qachon taslim bo'lmang, kurashing va o'zingizga ishoning, degan bo'lar edim. Bizning yo'limiz – bu sinovlarni yengib o'tish o'tishdir. Har bir tashlangan qadamimiz bizni yanada kuchli qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Stefan Krayevskiy: O‘zbekiston Polshaning Markaziy Osiyodagi asosiy hamkori
Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo: muhim strategik loyihalar amalga oshirilmoqda