"Ipak va ziravorlar" festivali – milliy meros va turizm uyg'unligi
Iyun 07, 2025. 11:37 • 47 soniya
• 114
BUXORO, 7-iyun. /"Dunyo" AA/. Buxoro viloyati hokimi o'rinbosari Botirjon Shaxriyorov "Dunyo" AA muxbiri bilan suhbatda an'anaviy XXI "Ipak va ziravorlar" xalqaro festivalining jahon miqyosida oshayotgan mavqeini va yurtimizga xorijiy sayyohlarni jalb etishda muhim madaniy loyihaga aylanganini ta'kidladi.

– Festivalning asosiy maqsadi xalqimizning qadimiy an'analari, xususan, milliy ipakchilik va hunarmandchilik yo'nalishlarini qayta jonlantirish, ipak va ziravorlarning inson hayotidagi o'rnini keng targ'ib etishdan iborat. Tadbir doirasida mehmonlar uchun ipak tayyorlash jarayonlaridan tortib, turli hunarmandchilik yo'nalishlarida mahorat darslari va master-klasslar tashkil etilyapti.
Buxoro qadimdan Ipak yo'lining markaziy nuqtalaridan biri bo'lgan. Shu bois, bu yerda tayyorlangan ipak matolar va hunarmandchilik mahsulotlari nafaqat mahalliy bozorlarga, balki savdogarlar orqali dunyo bozoriga sotilgan.
Ta'kidlash joizki, bunday festivallar, shuningdek, yosh avlodni milliy merosimizga hurmat bilan yondashishga va ularni chuqur o'rganishga undamoqda.
Bundan tashqari, "Ipak va ziravorlar" xalqaro festivali mahalliy va xorijiy mutaxassislar uchun turizm, hunarmandchilik va an'anaviy san'atni tadqiq etish maydoniga aylandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Stefan Krayevskiy: O‘zbekiston Polshaning Markaziy Osiyodagi asosiy hamkori
Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo: muhim strategik loyihalar amalga oshirilmoqda