Ilya Knyazev: "MINEX Central Asia 2025" – tog'-kon sanoati mutaxassislari va yetakchilarini bir joyga jamlagan noyob platformaga aylandi
Iyun 26, 2025. 18:29 • 2 daq
• 68
TOSHKENT, 27-iyun. /"Dunyo" AA/. "InProTex" MCHJ kompaniyasining (Rossiya) sotuv bo'limi boshlig'i Ilya Knyazev "Dunyo" AA uchun bergan intervyusida joriy yilning 24-25-iyun kunlari Toshkentda bo'lib o'tgan "MINEX Central Asia 2025" forumining ahamiyati haqidagi fikr-mulohazalarini bildirdi:
– Ushbu forum shunchaki ishbilarmonlik tadbiri emas. Bu – konchilik sanoati mutaxassislari uchun tajriba almashish, hamkorlik yo'nalishlarini belgilab olish hamda o'zaro manfaatli sheriklikni yo'lga qo'yish bo'yicha noyob platformadir. Bunday tadbirlar davlatlararo muloqotni rivojlantirishga va yangi istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirishga ulkan hissa qo'shadi.
Fursatdan foydalanib, kompaniyamiz haqida ham biroz to'xtalib o'tmoqchiman. "InProTex" bosh ofisi Sankt-Peterburgda joylashgan bo'lib, Qozog'iston va Germaniyada ham vakolatxonalarimiz bor. Biz deyarli o'n yildan buyon qazib olish sanoati korxonalari laboratoriyalarini kompleks jihozlash bilan shug'ullanamiz. Bu vaqt ichida biz katta tajriba to'plashga, ta'sirchan portfel shakllantirishga va sohaning yetakchi ishlab chiqaruvchilari uchun loyihalarni amalga oshirishga muvaffaq bo'ldik. Biz uchun ushbu forumda ishtirok etish mazkur mintaqadagi ilk tajribamizdir va ishonch bilan ayta olamanki – bu yerga o'z maqsadlarini aniq tushungan insonlar yig'ilgan. Ular o'zlariga sheriklar izlamoqda va aniq loyihalarni muhokama qilishga tayyor.
O'zbekiston haqida ham alohida ta'kidlamoqchiman. Toshkent bizda juda kuchli taassurot qoldirdi. Poytaxtingiz juda go'zal. Unda o'zgacha iliqlik va samimiy muhit hukmron. Turli madaniyatlarning uyg'unligi insonda ijobiy his-tuyg'ularni uyg'otadi. Eng asosiysi esa insonlari oqko'ngil va do'stona.
Biz O'zbekistonga aniq vazifa – laboratoriya jihozlari sohasida ishonchli biznes-sheriklar topish maqsadida keldik. Ishonchim komilki, "MINEX Central Asia 2025" kabi platformalar tufayli biz bu niyatimizni amalga oshira olamiz va mintaqada ushbu soha rivojiga o'z hissamizni qo'shamiz.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Stefan Krayevskiy: O‘zbekiston Polshaning Markaziy Osiyodagi asosiy hamkori
Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo: muhim strategik loyihalar amalga oshirilmoqda