Leo Doxerti: Toshkent xalqaro investitsiya forumi O'zbekiston iqtisodiyotining hayratlanarli o'sishi va hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning puxta o'ylanganligini namoyish etmoqda
Iyun 11, 2025. 01:08 • 1 daq
• 63
TOSHKENT, 11-iyun. /"Dunyo" AA./ Buyuk Britaniya davlat kotibining parlamentdagi Yevropa ishlari bo'yicha sobiq o'rinbosari, "International Hospitals Group" kompaniyasining katta maslahatchisi Leo Doxerti "Dunyo" AA uchun intervyusida 10-12-iyun kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tayotgan Toshkent xalqaro investitsiya forumining ahamiyati haqidagi fikrini bildirdi:

– Ushbu tadbirda ishtirok etayotganimizdan nihoyatda mamnunmiz. O'ylashimcha, ushbu forum Buyuk Britaniya va O'zbekiston o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning naqadar mustahkam ekanligini yaqqol namoyish etmoqda. Biz tashkilotchilik darajasidan juda ham hayratdamiz – barchasi yuqori, professional darajada tashkil etilgan. Investorlar juda iliq kutib olindi. Menimcha bu O'zbekiston iqtisodiyoti bera olishi mumkin bo'lgan keng ko'lamli va manfaatli imkoniyatlarni – xoh biznikidek sog'liqni saqlash, xoh ta'lim va boshqa sohalarda bo'lsin investorlarga taqdim etishning ajoyib yo'lidir.
Biz, shuningdek, tashkiliy qo'mitaning ishini yuqori baholaymiz. Ishonchim komilki, oldinda bizni juda samarali kunlar kutmoqda. Bu tadbir O'zbekiston iqtisodiyotining hayratlanarli o'sishini va mamlakat hukumati tomonidan, ayniqsa xususiy sektorda amalga oshirilayotgan islohotlarning puxta o'ylanganligini namoyish etayapti. Xalqaro investorlarning O'zbekistonga sarmoya kiritib, investitsiyalarining qaytishiga va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishiga ishonishlari muhimdir. Ushbu forum esa tashrif buyurganlarga aynan shunday ishonchni taqdim etmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Stefan Krayevskiy: O‘zbekiston Polshaning Markaziy Osiyodagi asosiy hamkori
Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo: muhim strategik loyihalar amalga oshirilmoqda