Logo

Mustafa Al Zaben: O'zbekiston gastronomik turizmning tobora ko'zga ko'ringan markaziga aylanib bormoqda

Sentabr 15, 2025. 13:03 • 50 soniya

282
Mustafa Al Zaben: O'zbekiston gastronomik turizmning tobora ko'zga ko'ringan markaziga aylanib bormoqda

QO'NG'IROT, 15-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Iordaniyalik taniqli oshpaz Mustafa Al Zaben "Dunyo" AA uchun intervyusida Qoraqalpog'iston Respublikasi Qo'ng'irot tumanida bo'lib o'tgan etno-gastrofestivalning ahamiyati haqidagi fikrlarini bildirdi:

–  Bunday tadbirlar pazandachilik mahoratini rivojlantirishga va mamlakatlar o'rtasida tajriba almashishga xizmat qiladi. Bunday festivalning bir qismi bo'lish men uchun sharafdir. Tashkiliy daraja va ishtirokchilarning mahorati yildan-yilga oshib borayotganini ko'ryapmiz. Oshpazlarning mahsulotlarni tayyorlashga va taom pishirishga ijodiy yondashayotgani hurmatga loyiq.

Festival nafaqat milliy taomlarni namoyish etish, balki oshpazlarning kasbiy ko'nikmalarini oshirishga ham xizmat qiladi.

Faqatgina mazali ovqat tayyorlash emas, balki tozalik va ish jarayonini tashkil etishda ham standartlarga rioya qilish muhim. Oshxona intizomni talab qiladi: sog'liqqa e'tibor berish, to'g'ri turish va qomatni nazorat qilish kerak, chunki oshpazlar 15-16 soatlab oyoqda turadi.

Bunday tadbirlar turli mamlakatlardan kelgan mutaxassislar o'rtasida muloqot uchun ham sharoit yaratadi va gastronomiyada xalqaro standartlarni joriy etishga imkon beradi.

Ta'kidlash joizki, O'zbekiston mintaqadagi gastronomik turizmning tobora ko'zga ko'ringan markaziga aylanib bormoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish