Nigar Arpadarai: "Yashil" iqtisodiyotga o'tish global va uzoq muddatli jarayondir
Iyul 02, 2025. 10:58 • 54 soniya
• 36
XIVA, 1-iyul. /"Dunyo" AA/. Ozarbayjon Milliy Mejlisi a'zosi Nigar Arpadarai "Dunyo" AA uchun intervyusida Xivada bo'lib o'tayotgan Birinchi O'zbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

– Bu O'zbekiston va Ozarbayjonning birinchi forumi bo'lib, har ikki davlat va parlamentlarimiz uchun alohida ahamiyatga ega. Bugun biz bir qator muhim mavzular, jumladan, xalqaro munosabatlar va "yashil o'tish" bilan bog'liq masalalarni muhokama qildik.
Ma'lumki, bir necha oy oldin butun dunyo diqqatini biz COP29 ni o'tkazgan Ozarbayjonga qaratgan edi. Natijada asosiy qarorlar, xususan, iqlimni moliyalashtirish bo'yicha qabul qilindi. Bu katta mas'uliyat va Ozarbayjonning xalqaro maydondagi rolini e'tirof etishdir.
Kaspiy dengizi orqali elektr kabelini o'tkazish bo'yicha "Ozarbayjon-Qozog'iston-O'zbekiston" qo'shma loyihamiz bor. Bu mamlakatlarimiz ekologiya va qayta tiklanadigan energiya masalalariga qanchalik jiddiy yondashayotganining yaqqol ko'rsatkichidir. Ushbu kun tartibini ilgari surishda ikki mamlakat parlamentlari faol ishtirok etishi juda muhim. Bugun biz o'zbekistonlik hamkasblarimiz bilan fikr almashib, "yashil" tashabbuslarni amalga oshirishda qonun chiqaruvchi organlar qanday rol o'ynashi mumkinligini aniqlamoqchimiz. Zero, parlamentlar darajasida hukumatlarning samarali oldinga siljishiga imkon beruvchi huquqiy mexanizmlar shakllantiriladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Stefan Krayevskiy: O‘zbekiston Polshaning Markaziy Osiyodagi asosiy hamkori
Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo: muhim strategik loyihalar amalga oshirilmoqda