Logo

Odil Reno-Basso: So'nggi yillarda investitsiyalar darajasi barqaror o'sib bormoqda va O'zbekiston YTTB investitsiyalari hajmi bo'yicha yetakchi 5 davlat qatoriga kirdi

Iyun 12, 2025. 18:13 • 54 soniya

62
Odil Reno-Basso: So'nggi yillarda investitsiyalar darajasi barqaror o'sib bormoqda va O'zbekiston YTTB investitsiyalari hajmi bo'yicha yetakchi 5 davlat qatoriga kirdi

TOSHKENT, 13-iyun. /"Dunyo" AA/. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso "Dunyo" AA uchun intervyusida poytaxtimizda bo'lib o'tgan IV Toshkent xalqaro investitsiya forumining ahamiyati haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Islohotlar va iqtisodiyotni liberallashtirish nuqtai nazaridan O'zbekiston xususiy sarmoya kiritish imkoniyatlarini kengaytirishni davom ettirishi kerak. Xususiylashtirish va me'yoriy-huquqiy bazani mustahkamlash borasida sezilarli yutuqlarga erishilgan bo'lsa-da, tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektor o'sishini rag'batlantirish uchun hali ko'p ishlar qilinishi lozim.


Hozirgacha erishilgan natijalar juda quvonarli. Masalan, qayta tiklanadigan energetikaga investitsiyalar katta miqdorda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qildi, iqtisodiy faollikni rag'batlantirdi va ijobiy ta'sir ko'rsatdi.


So'nggi yillarda investitsiyalar darajasi barqaror o'sib bormoqda, O'zbekiston YTTB investitsiyalari hajmi bo'yicha yetakchi 5 davlat qatoriga kiradi. Ushbu ijobiy tendensiya kelgusi yillarda ham davom etishini kutamiz.


O'zbekiston mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy integratsiya va aloqalarni mustahkamlashda ham muhim rol o'ynaydi. Bu mamlakatni transchegaraviy loyihalar, xususan, barqaror o'sish uchun zarur bo'lgan infratuzilma va suv xo'jaligidagi loyihalar uchun jozibador qiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish