Logo

Viktor Davidov: Yaqin kelajakda O'zbekiston tog'-kon sanoatiga investitsiyalar oqimi sezilarli darajada oshishi kutilmoqda

Iyun 25, 2025. 16:34 • 2 daq

94
Viktor Davidov: Yaqin kelajakda O'zbekiston tog'-kon sanoatiga investitsiyalar oqimi sezilarli darajada oshishi kutilmoqda

TASHKENT, 26-iyun. /"Dunyo" AA/. "ENSOR Management Consultants" kompaniyasi hammuassisi, ekologik va ijtimoiy konsalting bo'yicha direktori Viktor Davidov (Rossiya) "Dunyo" AA uchun bergan intervyusida 24–25-iyun kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tgan "MINEX Central Asia 2025" forumining ahamiyati haqidagi fikrlarini bayon qildi:

– Forumning Markaziy Osiyo uchun ahamiyati, menimcha, juda yuqori. Bu ishtirok etayotgan kompaniyalar, mehmonlar va xalqaro hamjamiyat vakillari sonidan ham ko'rinib turibdi. Jumladan, Yevropa Ittifoqi, Amerika Qo'shma Shtatlari kompaniyalari, vazirliklar va boshqa tashkilotlardan vakillarning kelgani juda muhim.

Men bir nechta asosiy jihatlarni ta'kidlamoqchiman, masalan, tog'-kon sanoatida yangi qonunchilikning qabul qilinishi. Bu O'zbekiston tog'-kon majmuasining qisqa, o'rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Shuningdek, bu yerda muhokama qilinayotgan mavzularga e'tibor qaratadigan bo'lsak, yaqin kelajakda O'zbekiston tog'-kon sanoatiga investitsiyalar oqimining sezilarli darajada oshishini payqash qiyin emas.

ESG – ekologiya, ijtimoiy masalalar va korporativ boshqaruv sohasidagi mutaxassis sifatida shuni ta'kidlamoqchimanki, O'zbekistonning "NKMK" va "OTMK" kabi bir qator yirik kompaniyalari ESG jihatlarini o'z ichiga olgan transformatsiyani muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Bu esa ularni investorlar uchun yana-da jozibador qiladi.

Anjumanda tog'-kon kompaniyalari faoliyatining ekologik va ijtimoiy jihatlari bilan bog'liq masalalar ham keng muhokama qilindi. Men O'zbekistonda va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida investorlar uchun o'z jozibadorligini mustahkamlashga intilayotgan barcha kompaniyalarni, o'zlarining yetuk va muvaffaqiyatli hamkasblarining tajribasidan ilhomlanishga hamda ESG – transformatsiyani faol joriy etishga chaqiraman.

Aynan mana shunday yondashuv barqaror rivojlanish va kompaniyaning investitsion jozibadorligini sezilarli darajada oshirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish