Xitoydan munosabat: O'zbekiston va Xitoy o'rtasida madaniy va turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun ulkan salohiyat mavjud
Iyul 03, 2025. 17:24 • 2 daq
• 117
SAMARQAND, 3-iyul. /"Dunyo" AA/. Samarqandda o'tkazilgan Butunjahon sayyohlik alyansining "Ipak yo'li" xalqaro muloqoti (WTA Silk Road Dialogue) ishtirokchisi Xitoyning yetakchi turistik platformasi – "Qyer.com" vakili Mika Sui "Dunyo" AA uchun intervyusida mamlakatlarimiz o'rtasidagi madaniyat va turizm sohasidagi hamkorlik istiqbollari haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Bu mening O'zbekistonga birinchi safarim va menning mamlakatingiz haqidagi fikrlarim juda ijobiy. O'ylashimcha, O'zbekiston nafaqat turistik yo'nalish sifatida, balki Xitoyning madaniy sherigi sifatida ham yuqori salohiyatga ega.
Men Xitoyning turistik va madaniy platformasi – "Qyer.com" ni taqdim etyapman. Bizning maqsadimiz — faqatgina turizmni rivojlantirish emas, balki madaniyat orqali xalqlar o'rtasidagi o'zaro tushunishni ta'minlashdir.
Xitoy tomoni O'zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishga katta qiziqish bilan qaramoqda. Biz O'zbekiston madaniyatini Xitoyda – ommaviy axborot vositalari va madaniy loyihalar yordamida targ'ib qilishni qo'llab-quvvatlaymiz. Shuningdek, xitoylik sayyohlar O'zbekiston kabi go'zal, tarixiy va ilhombaxsh mamlakatni kashf etishlari tarafdorimiz.
"WTA Silk Road Dialogue" tadbiri va B2B uchrashuvlari doirasida men O'zbekistonning turistik sohasi vakillari bilan muloqot qilish imkoniga ega bo'ldim. Bunday uchrashuvlar juda qimmatli, ular ishonchni mustahkamlashga, real istiqbollarni ko'rishga va hamkorlikka yo'naltirilgan aniq qadamlarni belgilashga yordam beradi.
Bizning hamkorligimiz endi boshlanmoqda va oldimizda ko'plab qo'shma loyihalar turibdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Stefan Krayevskiy: O‘zbekiston Polshaning Markaziy Osiyodagi asosiy hamkori
Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo: muhim strategik loyihalar amalga oshirilmoqda