O'zbekistonda yetishtirilgan poliz mahsulotlari Polsha bozorini zabt etmoqda
Iyul 09, 2025. 17:10 • 2 daq
• 103
VARSHAVA, 9-iyul. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning iyun oyidan boshlab O'zbekistondan Polshaga tarvuz va qovun mahsulotlari eksporti yo'lga qo'yildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Varshava shahrida faoliyat yuritayotga vatandosh tadbirkorlar tomonidan tashkil etilgan "Nar Juice" kompaniyasi orqali xalqaro fitosanitariya standartlarga to'liq rioya etgan holda Sirdaryo viloyatida yetishtirilgan mazkur poliz ekinlari Polshaga eksporti amalga oshirilyapti. Mahsulotlar zamonaviy sovitkichli konteynerlarda olib kelinmoqda hamda ularning ko'rinishi va sifatini saqlab qolishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
E'tiborlisi, mahalliy aholi o'zbek dehqonlari tomonidan yetishtirilgan tarvuzni sevib xarid qilyapti. Polyak iste'molchilarning ta'kidlashicha, o'zbek tarvuzlari tabiiy ta'mi bilan ajralib turadi.
Polsha bozorlarida yurtimizda yetishtirilgan tarvuz va qovunlarga bo'lgan talab katta bo'lib, mazkur eksport Yevropa Ittifoq mamlakatlariga chiqishda muhim qadam bo'lib xizmat qiladi.
Mazkur loyiha, shuningdek, O'zbekistonda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish, fermer xo'jaliklarining daromadlarini ko'paytirish va mamlakatning xalqaro agrar bozordagi mavqeini mustahkamlashga yordam beradi.
Eksport geografiyasini kengaytirish borasida ishlar izchil davom ettirilmoqda. Polshadagi o'zbek tadbirkorlari yaqin kelajakda Yevropaning boshqa mamlakatlariga ham o'zbek mahsulotlarini eksport qilishni rejalashtirmoqda.
Sagdiana Xoshimova, tadbirkor:
– Biz Polshaga O'zbekistondan poliz mahsulotlarini xususan, tarvuz va qovun eksportini amalga oshiryapmiz.
Mahalliy aholiga O'zbekistonning shirin tarvuzlari juda yoqdi. Shu bois poliz mahsulotlari tezda sotilyapti. O'tgan vaqt davomida katta hajmdagi mahsulotlarni eksport qilishga muvaffaq bo'ldik.
Nizomiddin Abdullayev, "Polshadagi o'zbek tadbirkorlar" uyushmasi rahbari, tadbirkor:
– Shuni ta'kidlashni istardimki, O'zbekistonning meva va poliz mahsulotlari, ayniqsa tarvuz Polsha bozorida va umuman Yevropa bo'ylab tobora ommalashib bormoqda. Ular tabiiy ta'mi va yuqori sifati bilan qadrlanadi.
Joriy yildan boshlab O'zbekiston tarvuzlarini Polsha bozoriga muntazam ravishda yuk mashinalarida yetkazib berishni boshladik va xaridorlar tomonidan bizning mahsulotlar ijobiy baholandi.
Bizning Polsha bozoriga kirishimiz O'zbekistonning eksport salohiyati ortib borayotganini tasdiqlovchi ahamiyatli qadamdir. Yaqin kelajakda O'zbekistondan faqat meva-sabzavotlarni emas, balki to'qimachilik va boshqa toifadagi tovarlar eksportini kengaytirishni rejalashtiryapmiz.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kuvaytda o‘zbek mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Kuvayt bozorlariga o‘zbek mahsulotlari eksporti oshiriladi
AQShning eng yirik savdo tarmoqlarida o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi