O'zbekistondan Kuvaytga 1 tonna meva eksport qilindi
Sentabr 14, 2025. 13:07 • 25 soniya
• 191
AL-KUVAYT, 14-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistondan Kuvaytga 1 tonna meva eksport qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
O'zbekistonda yetishtirilgan mevalar eksporti Buxoro tumanidagi "National Agroforte" kompaniyasi va Kuvaytning "Star Fruit Co." kompaniyasi o'rtasida erishilgan kelishuv asosida amalga oshirildi.
Shu o'rinda ta'kidlash joizki, O'zbekiston elchixonasi ko'magida Kuvaytning "Javed & Majed Co" va "Agricultural Food Products Co" kompaniyalari bilan erishilgan kelishuvlar doirasida dudlangan go'sht, pishloq, olma, qovun, anor, tarvuz mahsulotlari yetkazib beruvchilarni aniqlash, narxlarni kelishish ishlari davom etmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShning eng yirik savdo tarmoqlarida o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi
Kuvaytga ilk bor 23 tonna qora mayiz eksport qilindi
O‘monlik ishbilarmonlar bilan eksport-import masalasida fikr-mulohaza almashildi