Logo

O'zbekiston elektrotexnika va qurilish sanoati mahsulotlari Qatar bozorini ishg'ol qilyapti

May 29, 2025. 07:20 • 51 soniya

81
O'zbekiston elektrotexnika va qurilish sanoati mahsulotlari Qatar bozorini ishg'ol qilyapti

DOHA, 29-may. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 26-29-may kunlari Doha shahrida o'tkazilayotgan "Project Qatar" xalqaro ko'rgazmasi maydonida "Made in Uzbekistan" pavilyoni tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy pavilyon O'zbekiston elchixonasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va "O'zeltexsanoat" uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. O'zbekiston mazkur ko'rgazmada Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari ichidagi yagona davlat sifatida ishtirok etdi.

 Yurtimiz stendida maishiy texnika, sim-kabel, lampochka, kafel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mahalliy korxonalar o'z salohiyatini namoyish etmoqda.

Ko'rgazmaning rasmiy ochilish marosimida Qatar Sanoat va savdo vazirligi va bir qator yirik kompaniyalari rahbarlari hamda mazkur mamlakatda akkreditatsiyadan o'tgandiplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

"Made in Uzbekistan" stendida taqdim etilgan mahsulotlarning sifati Qatar rasmiylari, tadbir mehmonlar va ommaviy axborot vositalari tomonidan alohida e'tirof etildi. 

Ko'rgazma davomida O'zbekiston va Qatar kompaniyalari vakillari o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tmoqda. 

Ta'kidlash kerakki, "Project Qatar 2025" ko'rgazmasi Yaqin Sharq mintaqasidagi yetakchi xalqaro qurilish materiallari va elektrotexnika mahsulotlari tadbiri bo'lishi kutilmoqda.

Unda 25 ta mamlakatdan 250 ta sanoat korxonalari o'z mahsulotlarini taqdim etyapti.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish