Logo

Guanchjouda "Made in Uzbekistan" savdo do'koni tashkil etiladi

Avgust 13, 2025. 14:30 • 44 soniya

68
Guanchjouda "Made in Uzbekistan" savdo do'koni tashkil etiladi

GUANCHJOU, 13-avgust. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi diplomatlari Guandun provinsiyasida yirik savdo markaziga ega bo'lgan "Guangzhou Guangbai" kompaniyasi bosh menejeri Say Chjinsu bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvda ushbu savdo tarmog'i binosida "Made in Uzbekistan" savdo do'koni va milliy mahsulotlar shou-rumini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

"Guangzhou Guangbai" kompaniyasi bosh menejeri Say Chjinsuning aytishicha, O'zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar yuqori sifati va narx jihatdan raqobatbardoshligi bilan Guanchjou aholisi hamda eksportyorlar uchun manfaatli bo'lishi mumkin.

Muzokaralar yakunida Xitoy tomoni bilan birgalikda, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, qayta ishlangan va qadoqlangan qishloq xo'jaligi mahsulotlari hamda milliy hunarmandchilik tovarlari savdosini yo'lga qo'yish maqsadida xitoylik importyorlar bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni o'rnatishga kelishib olindi.   

"Guangzhou Guangbai" kompaniyasi Xitoyning janubiy provinsiyalaridagi eng yirik mahsulot yetkazib beruvchilaridan biri bo'lib, bugungi kunda mamlakat bo'ylab 100 dan ortiq savdo nuqtalariga ega.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish