Logo

Londonda O'zbekiston milliy liboslari va aksessuarlari savdo do'koni ochildi

Aprel 23, 2025. 11:21 • 45 soniya

223
Londonda O'zbekiston milliy liboslari va aksessuarlari savdo do'koni ochildi

LONDON, 23-aprel /"Dunyo" AA/. Buyuk Britaniya poytaxtining nufuzli sayyohlik hududlaridan birida "Teplo Store" nomli birinchi o'zbek milliy kiyimlari savdo do'koni ochildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Teplo" brendi asoschisi hamyurtimiz, London moda kolleji talabasi Charos Kamolovadir. Uning loyihasi O'zbekistondagi kreativ industriya vakillari va mahalliy brendlarni birlashtiradi.

"Teplo Store"da O'zbekistonning turli viloyatlaridan 100 dan ortiq dizayner va hunarmandlarning mahsulotlari namoyish etilmoqda. To'plam keng turdagi mahsulotlarni, xususan zamonaviy kiyim-kechak va aksessuarlardan tortib, an'anaviy texnikalar (so'zana, ikat, kulolchilik va boshqalar) yordamida qo'lda yasalgan buyumlarni o'z ichiga oladi.

Savdo do'konining rasmiy ochilish marosimi Britaniyaning nufuzli nashrlari e'tiborini tortgan "Teplo Store London - From the Silk Road to Soho" keng ko'lamli reklama kampaniyasi doirasida o'tkazildi va u ijtimoiy tarmoqlarda katta auditoriyani qamrab oldi.

"Teplo Store" ish boshlagan dastlabki soatlardanoq London shahri aholisi va mehmonlarida katta qiziqish uyg'otdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish