Norvegiyaga O'zbekistondan ekologik toza mahsulotlar yetkazib berish yo'lga qo'yildi
Avgust 18, 2025. 11:56 • 36 soniya
• 137
DRAMMEN, 18-avgust. /"Dunyo" AA/. Norvegiyaning Drammen shahridagi "Internasjonalt Matsenter" savdo markazida ilk bor "O'zbekiston mahsulotlari" ixtisoslashtirilgan burchagi ochildi, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, burchak Norvegiyaning Merjem", "Internashonalt mast" va boshqa savdo korxonalari bilan hamkorlikda tashabbuskor hamyurtlarimiz ishtirokida tashkil etildi.
Unda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan ekologik toza meva-sabzavotlar, quritilgan mevalar, poliz mahsulotlari, tabiiy sharbatlar, qadoqlangan tovarlar va boshqa milliy mahsulotlar xaridorlarga taklif etilmoqda.
Mahsulotlar "Quva Agrostar" va Norvegiyaning "Exotik fruit As" eksport qiluvchi kompaniyalari o'rtasida tuzilgan shartnoma asosida yetkazib berildi.
Mutaxassislarning fikricha, bu tashabbus O'zbekiston mahsulotlarini Yevropa bozorida keng targ'ib qilish va doimiy savdo sherikligini yo'lga qo'yishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kuvaytda o‘zbek mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi
AQShning eng yirik savdo tarmoqlarida o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi
Kuvaytga ilk bor 23 tonna qora mayiz eksport qilindi