O'zbekistonning quritilgan meva-sabzavotlari Iroq bozorlariga eksport qilinadi
Avgust 07, 2025. 14:26 • 38 soniya
• 94
AL-KUVAYT, 13-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida Samarqand viloyati Payariq tumanidagi "Nassar Trading Agro" kompaniyasi ta'sischisi Nael Nasir va Kuvaytning "Sky Logistics Gen. Trading & Contracting Co." kompaniyasi bosh direktori Muhammad Rizo o'rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat avvalida O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli o'zgarishlar, o'zbek mahsulotlarining eksporti uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar, xorijiy importyorlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida aytib o'tildi.
Muzokaralarda O'zbekistondan quritilgan meva-sabzavotlarni Kuvayt va Iroq bozorlariga eksportini yo'lga qo'yish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tomonlar eksport qilinadigan tovarlarning qadoqlash tizimi bo'yicha fikrlar almashdilar. Shuningdek, o'zbek mahsulotlarini Kuvaytga olib kelish uchun transport-logistika tizimi, O'zbekiston mahsulotlarini namoyish etish uchun shou-rumlar tashkil etish va savdo uylarini ochish takliflari ko'rib chiqildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kuvaytda o‘zbek mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi
AQShning eng yirik savdo tarmoqlarida o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi
Kuvaytga ilk bor 23 tonna qora mayiz eksport qilindi