O'zbekistonda yetishtirilgan qovunlar Singapurga eksport qilindi
Sentabr 28, 2025. 12:56 • 34 soniya
• 116
SINGAPUR, 28-sentyabr. /"Dunyo" AA/. "Fergana Exim Agro" kompaniyasi O'zbekistonda yetishtirilgan "torpeda" navli qovunlarni ilk marotaba Singapurga ekspert qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Singapur turli xil meva va sabzavotlar, jumladan poliz ekinlarining yirik ishlab chiqaruvchilari bo'lgan davlatlar bilan chegaradosh. Shunday bo'lsa-da, shirin o'zbek qovunlari ushbu mamlakatda ham xaridorgir ekanligini isbotladi.
Singapur kabi yuqori standartlar va sifat talablarga ega bozorga kirish milliy mahsulotlarimiz uchun haqiqiy yutuq sanaladi. Shuningdek, bu qadam "Made in Uzbekistan" brendi nufuzini yanada mustahkamlaydi.
Bu esa kelgusida yangi shartnomalar tuzish, yetkazib berish hajmlarini oshirish, bozor ulushini kengaytirish hamda boshqa turdagi meva-sabzavotlarimizni ham Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlariga olib chiqish imkoniyatini yaratadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShning eng yirik savdo tarmoqlarida o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi
Kuvaytga ilk bor 23 tonna qora mayiz eksport qilindi
O‘monlik ishbilarmonlar bilan eksport-import masalasida fikr-mulohaza almashildi