Logo

O'zbekiston xorijga loviya eksportini oshirmoqda

Iyul 31, 2025. 12:33 • 34 soniya

63
O'zbekiston xorijga loviya eksportini oshirmoqda

TOSHKENT, 31-iyul. /"Dunyo" AA/. Birinchi yarim yillikda O'zbekiston xorijga 208,9 million dollar miqdoridagi 80 ming 53 tonna loviya eksport qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, eksport hajmi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 11 753 tonnaga yoki 17,2 foizga oshgan.

2025-yilning birinchi olti oyi yakunlari bo'yicha o'zbek loviyasining eng yirik importchilari quyidagilar bo'ldi:

Xitoy –27 514 tonna;

Pokiston –14 368 tonna;

Afg'oniston –13 365 tonna;

Eron –10 402 tonna;

Gruziya – 4 159 tonna;

boshqa mamlakatlar – 10 245 tonna.

Mutaxassislarga ko'ra, o'zbek loviyasiga bo'lgan talabning barqaror oshib borayotgani mahalliy mahsulotlarning xalqaro bozorlarda raqobatbardoshligi yuqoriligidan dalolat beradi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish