O'zbekiston joriy yilning birinchi yarim yilligida qariyb 30 million dollarlik tarvuz eksport qildi
Avgust 14, 2025. 09:43 • 35 soniya
• 102
TOSHKENT, 14-avgust. / "Dunyo" AA/. O'zbekiston 2025-yilning yanvar-iyun oylarida xorijga qiymati 29,9 million AQSh dollariga teng bo'lgan 130,6 ming tonna tarvuz eksport qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, ushbu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 52,7 ming tonnaga oshgan.
O'zbekiston 2025-yilning 6 oyida eng ko'p tarvuz eksport qilgan davlatlar:
–Rossiya – 66 ming tonna;
–Qozog'iston – 44 ming tonna;
–Qirg'iziston – 19 ming tonna;
–Belarus – 968 tonna;
–Mo'g'uliston – 618 tonna;
–Latviya – 76 tonna;
–Gruziya – 66 tonna;
–Polsha – 61 tonna;
–boshqa davlatlar – 121 tonna.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kuvaytda o‘zbek mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi
AQShning eng yirik savdo tarmoqlarida o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi
Kuvaytga ilk bor 23 tonna qora mayiz eksport qilindi