Logo

O'zbekistonda yetishtirilgan gilos Shenchjen bozorlarini egallamoqda

Iyun 24, 2025. 11:59 • 34 soniya

113
O'zbekistonda yetishtirilgan gilos Shenchjen bozorlarini egallamoqda

GUANCHJOU, 24 iyun. /"Dunyo" AA/. Xitoyning "Shenzhen Jiashang Yanghe Trading" kompaniyasi Namangan viloyatidan umumiy hajmi 20 tonna bo'lgan gilos mevasini import qilishni boshladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbek gilosining dastlabki partiyasi aviakargo orqali Guandun provinsiyasining Shenchjen shahriga yetkazib berildi. O'zbekistonda yetishtirilgan gilos mevasi bojxona rasmiylashtiruvidan o'tgandan so'ng yirik chakana va ulgurji savdo tarmoqlari orqali sotuvga chiqarildi.

Mutaxassislarga ko'ra, O'zbekiston gilosi Xitoyda sevib iste'mol qilinadigan mevalardan biri bo'lib, o'zining mazali ta'mi va tabiiy ekologik tozaligi bilan mahalliy iste'molchilar ishonchini qozonmoqda.

Kompaniya kelgusida mamlakatimizdan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sotib olish hajmlari va ularni nomenklaturasini kengaytirish maqsadida o'zbekistonlik hamkorlari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish